Joynamozning o‘rni

Assalomu alaykum! Man sizlarni saytilaga kirganmdan so‘ng Islomga bo‘lgan mexrim va ilmim ancha oshdi. Siz haqizda buvimga aytib berdim va ular bir masalada sizlardan aniqlik kiritishingizni iltimos qildilar. Buvim nomoz va Qur’on o‘qiydilar. Ammo bu nomozni davleniyalari borligi va tizzalari og‘riqdan bukilmasligi sabab o‘tirib o‘qiydilar. Nomoz o‘qiganlarida joynomozni oyoqlarini ustiga yozib o‘qiydilar. Ba’zila buni mumkin desa, boshkalar joynomoz oyoq tagiga yoziladi deb mumkin emas dermish. Savol:
1). Joynomozni oyoqlar ustiga yozib o‘qisa bo‘ladimi?
2). Agar mumkinmas bo‘lsa shuncha yillar dovomidagi nomozlari nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Oyoqlar joynamozning ustida bo‘lishi shart. 2). O‘tirgan joylari najosatligi aniq bo‘lmasa qayta o‘qimaydilar. Agar yosh bolalar siygan joyda o‘tirib o‘qigan bo‘lsa, faqat o‘sha namozlarini qayta o‘qiydilar. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 10:19 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar