Yo‘l kira xaqida

Assalomu alaykum! Tashkilotimizdan boshqa tashkilotga ish yuzasidan borib kelishim uchun taksi puli olib, o‘sha olgan summamni o‘z yonimda qoldirsamda, yo‘l transportidan foydalanmasdan, piyoda borib kelsam va pulni o‘z extiyojim uchun ishlatsam bo‘ladimi ? (savol xamkasblar tomonidan berilayapdi)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshliq pul berishdan vaqtni ham e’tiborga olgan bo‘lsa, joiz bo‘lmaydi. Chunki ish vaqtida ishxonada bo‘lishingiz kerak. Pulni olib qolish uchun piyoda yurishingiz ham joiz emas. Boshliq rozi bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar