Neyrografikani o‘rganish
Assalomu alaykum! Neyrografika degan psixologik talimga o‘xshash fan bor ekan. Shundan o‘zim xam biroz o‘rganmoqchi bo‘ldim, lekin talim jarayonida bazi bir so‘zlari, o‘rgatilayotkan narsalar shariatga to‘g‘ri kelmagandek mani naznimda. Shu fan xaqida malumot bersangiz, o‘rgansak shariatga zid ish bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iste’dodingizni boshqa narsaga qarating. Biz psixologiya fani bilan yaxshi tanishib chiqdik. Har bir o‘lkaning psixologiya ta’limoti o‘z diniga bog‘langan shaklda o‘rgatilar ekan. Masalan xitoyliklar buddaviy diniga bog‘lab, hindistonliklar krishna va shu kabi butlarga bog‘lab, evropa nasroniylik diniga bog‘lab, amerika va kanada kabi maslakatlar Tavrot va Zaburga bog‘lab o‘rgatishar ekan. Ming afsuski bularning barchasida foyda borligi bilan birgalikda shirkka chaqiruvchi falsafa ham bor ekan. Alhamdulillah yoshligidan dinni mahkam ushlab, keyin falsafa fanini o‘qiganlar ham bor ekan. Ular qaysi o‘rinda iymon e’tiqodga zid holatlar borligini ajratisha olishar ekanlar. Shunday insonlardan o‘qisangiz mayli. Chunki hikmat mo‘minning yo‘qotgan narsasi, qaerda bo‘lsa ham olishga eng haqli inson hisoblanadi. Qolaversa chuqur e’tibor qaratsak ular bu falsafani Qur’on va hadisdan olganliklari namoyon bo‘lmoqda. Ular buni izhor qilmaslik maqsadida ularga turlicha atamalar va chalg‘itish uchun ko‘plab falsafalarni tiqishtirishar ekan. Siz psixologiyani ham o‘qing, Islom aqiyda va falsafasiga tegishli fanni ham o‘qing. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 23:38 | Savol-javoblar | 184 | Ta’lim va muta’allim