Dollar va so‘m almashinuvi
Assalomu alaykum! Men oshnamdan topganda berishga 50$ olganman yaqin qiyomatli do‘stim. O‘sh paytda 550.000 so‘m edi. Undan kegin ancha vaqt o‘tti 300.000 so‘m so‘radi 50$ di xisobidan berdim. Hozir qarzimi butkul qaytaraman desam hozirgi dollar hisobida qaytaramanmi yoki o‘sha paytdagi dollar hisobidami? Yana bir tomoni agar men oshnamga qaysi paytdagidan qaytarsam ham oshnam oshiq-kamiga roziman desa qarzimdan forih bo‘lgan bo‘lamanmi? 2). Birortasidan qarzim bo‘lib menham u inson ham eslolmasa u insonga aytsam o‘rtamizdagi oldi berdilarga rozi bo‘lib qo‘ying agar qarzim borligini eslating qaytare agar esizda yo‘q bo‘lsa rozi bo‘ling men ham roziman desa oradagi haqdorchilik qaysi birini bo‘ynida bo‘lsa soqit bo‘lgan bo‘ladimi? Keginchalik rozichilik bo‘lib o‘tgandan kegin esiga tushub qolsahammi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ish agar aynan siz aytgandek bo‘lsa, masalaning boshqa tafsilotlari bo‘lmasa, siz undan 50$ qarz bo‘la turib, unga 300 ming so‘m qarz bergan ekansiz. O‘sha pulni siz aynan qarz sifatida bergansiz. Natijada siz undan 50$, u esa sizdan 300 ming so‘m qarz.2). Sening zimmangdagi barcha moliyaviy haqlardan kechdim desa durust. Sizning zimmangizdan uning har qanday qarzlari soqit bo‘ladi. Keyinchalik uni qayta talab qila olmaydi. Vallohu a’lam!
2 Avgust 2022, 15:22 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar