Aralashtirish harom emasmi?

Assalomu alaykum! Aziz va hurmatli ustozlar, men bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim, yaqin do‘stim, gurichni to‘poni va yog‘ zavoddan chiqadigan otxod chiqindi yog‘larni aralashtirib stanokdan o‘tkazadi, ko‘rinishi zavodskoy emga o‘hshagan maxsulot chiqadi, so‘ng uni emfurushlarga emni yarim narxida sotadi, ular uni xaqiqiy emga aralashtirib sotadi, mijozlarga aralashgan ekanligini aytadi yoki aytmaydi bunisi mavhum. Shu faoliyat bilan shug‘ullanish halolmi? Iltimos kengroq tushuntirsangiz, hozir shunga o‘hshash ishlar bilan shug‘ullanish keng tarqalyabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “Kim bizga makr qilsa bizdan emas” deganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummati bo‘lmagan inson qiyomat kunida shaytonga hamroh bo‘ladi. Chunki bu dunyodagi qilayotgan bu ishi shaytonning hamrohligidir. Do‘stingiz mahsulotini tarkibini aytib sotsin. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar