Savdoga aralashish
Assalomu alaykum! Men biovdan 2 gektar er olmoqchi edim egasi borib ko‘ringlar dedi er egasi o‘zi yo‘q bo‘lgani uchun mahalladan qo‘shnimni ovoldim. U menga erni qaerda ekanini bilishini aytdi va biz u joyni ko‘rdik menga maqul bo‘ldi lekin menga erni ko‘rsatish maqsadida borgan qo‘shnim Ukasiga qo‘ng‘iroq qilib ukasiga erni egasini fikridan qaytardi. U erni egasi ukasini tanishi ekan Men erni egasiga qo‘ng‘iroq qilsam er sotildi kimga sotganini aytmadi, lekin men erni o‘sha qo‘shnim olganini bilaman. Bu erda qo‘shnim to‘g‘ri savdo yo‘li bilan erni qo‘lga kiritdimi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zganining savdosi ustiga savdo qilish haromdir. Ammo siz hali o‘sha erni sotib olmagan bo‘lsangiz, ularning qilgan ishi savdo ustiga savdo qilish deyilmaydi.عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «لَا يَبِعِ الرَّجُلُ عَلَى بَيْعِ أَخِيهِ، وَلَا يَخْطُبْ عَلَى خِطْبَةِ أَخِيهِ إِلَّا أَنْ يَأْذَنَ لَهُ». وَفِي رِوَايَةٍ: «لَا يَسُمِ الْمُسْلِمُ عَلَى سَوْمِ أَخِيهِ». رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kishi o‘z birodarining savdosi ustiga savdo qilmasin, o‘z birodari sovchiligi ustiga sovchilik qilmasin. Faqat unga o‘zi izn bersa, mayli», dedilar».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan.
Boshqa bir rivoyatda:
«Musulmon o‘z birodarining savdolashishi ustiga savdolashmasin», deyilgan.
Ushbu hadisi sharifda savdoda sodir bo‘lib turadigan ikki xil ishdan nahyi qilinmoqda:
1. Birovning bitirgan savdosi ustiga savdo qilish.
Bu ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Birinchi ko‘rinishda birovdan narsa sotib olgan odamga: «Savdongni buzib, narsasini qaytarib ber, men senga xuddi shu narsani arzon narxga beraman», deydi.
Ikkinchi ko‘rinishda esa: «Birovga narsa sotgan odamga: «Savdongni buzib, narsangni qaytarib ol, men senga undan ko‘ra ko‘proq pul to‘layman», deydi.
Bu kishilar o‘rtasida kelishmovchilik, urush-janjal keltirib chiqaradigan buzg‘unchilikdan iborat ishdir. Erkin bozor qoidasiga, odamlarning ba’zilari ba’zilaridan foyda olishiga zid narsadir. Shuning uchun ham bu noto‘g‘ri ish shariatda man qilingan.
2. Birovning savdolashishi ustiga savdolashish.
Ya’ni bir kishi bir narsaning ustida savdolashib qo‘ydi, hali bir yo‘la sotib olgani yo‘q. Shunda bir odam kelib, sotuvchiga: «Menga sotsang, undan ko‘p narx beraman», deyishi mumkin emas. Yoki xaridorga: «Mening xuddi shu savdolashgan narsangga o‘xshash narsam bor, senga arzonga beraman», deyishi mumkin emas. Savdo bitsa, bitib ketdi, bitmasa, uchinchi kishi o‘z maqsadini aytsa bo‘ladi. Bu ishda ham boshqalarga zarar keltirish borligi uchun harom qilingan.
O‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, bozor va savdo sohasida kelib chiqadigan ko‘pgina urush-janjal, kelishmovchiliklarning asosiy sabablaridan biri ushbu hadisi sharifda zikr qilingan masaladir. Kishilarning Islom ta’limotlaridan bexabarliklari, xabardorlarning mazkur ta’limotlarga amal qilmasliklari oqibati nima bo‘lishini shundan ham bilib olaversak bo‘ladi. Vallohu a’lam! («Bozor va unga bog‘liq masalalar» kitobidan).
6 Avgust 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom