Aza bo‘lgan uyda taom pishirish
Assalamu alaykum! Eshitishimcha aza bo‘lgan uyda uch kungacha taom qilinmas ekan. Aniqrog‘i, bu uyda pishirilgan taomni uy egalari emas ekan va uy egalarini uch kungacha qo‘shnilari boqishar ekan. Shu gap to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu gap noto‘g‘ri. Odatda musibat bo‘lgan xonadon egalari taom pishirib eyish ham ko‘ngillariga sig‘maydi. Shunday o‘rinlarda qo‘ni-qo‘shnilar ularga taom chiqarishlari sunnatdir. Musibatzadalarga qarindosh-urug‘lari, yaqinlari va qo‘ni-qo‘shnilari taom tayyorlab chiqarib turishlari sunnat bilan o‘z aksini topgan ishlardandir. Chunki musibat bilan bo‘lib ular o‘zlariga uncha qaray olmaydilar.
Ikkinchidan, boshqalarning e’tibori, rahm-shafqat ko‘rsatishi musibat etgan xonadon ahliga tasalli beradi, ko‘ngillarini ko‘taradi.
عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ جَعْفَرَ قَالَ: لَمَّا جَاءَ نَعْيُ جَعْفَرَ قَالَ النَّبِيُّ: اصْنَعُوا لأَهْلِ جَعْفَرٍ طَعَامًا فَإِنَّهُ قَدْ جَاءَهُمْ مَا يَشْغَلُهُمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ.
Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Ja’farning o‘limi xabari kelganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
“Ja’farning ahliga taom qilib beringlar. Ularni mashg‘ul qiladigan narsa kelib qoldi”, dedilar”.
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan.
Mayyit ahllari boshqalarga taom tayyorlab ziyofat qilib berishlari esa asli sobit bo‘lmagan bid’at va makruh ishlardandir. Qolaversa, bu amal ularni musibatlari ustiga musibat, tashvishlariga tashvish qo‘shadi.
29 Aprel 2022, 05:46 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar