Ko‘chadagi noqulaylik
Assalomu alaykum! Men o‘qishga yoki biror joyga bormoqchi bo‘lsam avtobus to‘la va tiqilinch bo‘ladi. Tabiiyki nomahram yigitlar ham bo‘ladi. Ularga teginib ketish o‘zimni ham hijolatga soladi, taksida ketsam nomahram inson bilan yolg‘iz ketishimga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda nima qilganim to‘g‘ri? 2). Erkak kishining 1-ayoli bilan farzandlari bo‘lsa, 2-marta uylanganda 2-ayolining o‘z farzandlari bo‘lsa, otaning o‘z farzandi bilan o‘gay farzandlari bir biriga mahram hisoblanadimi? 1-ayoligachi o‘gay farzandlar mahrammi? Javob uchun oldindan rahmat, vaqtizngizni olganim uchun uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Kuduzi kunlarda taksida yurishingiz joiz. chunki atrof yoruq va odamlar ko‘p bo‘ladi, siz yolg‘iz qolgan hukmda bo‘lmaysiz. 2). Mahram hisoblanmaydi. Ota boshqa xotinidan bo‘lgan o‘g‘liga keyingi ayolining avvalgi eridan tug‘ilgan qizini nikohlab berishi joiz. Ayolga o‘gay farzandlar mahram hisoblanadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar