Ijara xaqi
Assalomu alaykum! Men tadbirkorlik bilan shugullanaman. 3 yildan beri ishxonamni ijaraga olib, ijara xakini kelishilgan narxda berib kelayotgan edim. Ishxonamga yakin joydan er olib, shu erda tadbirkorligimni davom ettirish uchun bir yildan beri kurilish kilyapman. 2022 yilga utib yanvar oyining oxirida kurilish bitib oz kolganligini va tez orada men chikib ketishimni bilib ataylab ijarachi ijara xakini 2.000.000 sumdan 3.000.000 sumga oshirdi. Aslida men turgan joy 3.000.000 sumga arzimaydi. Men buncha pul tulash uchun kiynalishimni aytdim, u bulsa "xoxlasang shu, bulmasa xozir bushat" degan zayilda gapirib, shu gapida turib oldi. Bu paytda men ilojsizman, kurilish bitishi uchun 3-4 oy vakt kerak edi Keyin men yanvar oyida 2.000.000 sum, fevral va mart oylarida 3.000.000 sumdan pul berishga majbur buldim va may oyining boshida chikib ketdim. Men oyiga 3.000.000 sumga chikarganida rozi bulmadim, oyiga 3.000.000 sum beraman demadim, kurilish bitguncha chikib ketolmasdim xam. 2022 yilda jami 4 oy ijarada buldim va bu 4 oy 8.000.000 sum pul berdim. Oldingi kelishuv buyicha oyiga 2.000.000 dan 4 oyda 8.000.000 buladi deb boshka pul bermadim. Ijarachi bulsa 3.000.000 sumdan xisoblab 12.000.000 sumga tuldirishimni talab kilyapti. Savolim shuki, meni ilojsizligimdan foydalanib ijara xakin ataylab juda kimmat baxoga chikargani va buni orkasidan olgan puli kanchalik xalol? Men ijarachi ataylab insofsizlik kilgani uchun ortikcha suralgan pulni bermaganim kanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha to‘rt oy uchun 12 million so‘m berishingiz lozim. Chunki ijaraga beruvchi taraf ijarachi bilan yangi shartnoma tuzish vaqtida ijara narxini oshirishga haqlidir. Siz bunday holatlarda zarardan omonda qolish uchun shartnoma muddatini uzoq vaqtli qilib tuzishingiz mumkin edi. Lekin siz bunday qilmagansiz. Vallohu a’lam!
20 Avgust 2022, 17:48 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat