Birovga ziyon etkazish
Assalomu alaykum! Men bir xususiy shifoxonada shifokor bo‘lib ishlayman, rentgenolog bo‘lib. Ishga kirar paytimizda ishchi xonalar bilan tanishganmiz va nur o‘tkazish xavfsizligi bo‘yicha so‘raganmiz, ish beruvchilar xamma xona davlat standarti bo‘yicha tekshirilgan xavfsizlik bo‘yicha kamchilik yo‘q, xonani SES tomonidan berilgan pasporti bor deb guvoxlik berishgan. Bir necha yil ishlaganimizdan so‘ng ayniqsa "kovid" pandemiya payti, xonadoshlarim va meni tobim qocha boshladi. Men oldin ish beruchilarga nur o‘tkazuvchanlikni qayta tekshirib bering deb bir necha bor murojaat qildim. Oxiri o‘zim viloyat SES xodimiga telefon orqali chiqib tekshiruv uyushtirdim. Ma’lum bo‘lishicha standart bo‘yicha ruxsat berilgan ko‘rsatgichdan 18-20 marta yuqori natija chiqdi. Ish jarayonini to‘xtatdik. Surishtirib bilsam ish beruvchi litsenziya olish paytida SES xodimiga pora berib, yolg‘on xujjat to‘g‘rilab ish foaliyatini boshlagan. Uzoq muddatli nurlanish natijasida bizda surunkali nurlanish kasalligi boshlandi, bunday xolat atom portlashida kuzatiladi. Endi men shu xolat taqdirimda bor ekan deb rozi bo‘lib yurishim kerakmi yoki konuniy davolanishim uchun ish beruvchidan talab qilaymi. Shikoyat qilsam ko‘pchilik qamalib ketishi mumkin. Lekin meni davolanishim uchun xam suyak kumigini ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi zarur, narxi 120-180 ming dollargacha, bunday pul tabiiy oddiy vrachda bo‘lmaydi. Qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi? Qolgan xamkasblarimda xam shunday muammo, birida immunitet pasaygan, yiringli xolatlar ko‘p bo‘lyapti, birida limfa bezlari kattalashib ketmoqda. Ish beruvchi va SES xodimini manfaati yulida 3ta tibbiyot xodimi invalid buldi, kancha umri kolgan yolgiz Allohga ayon.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlarga etkazilgan zararni to‘la qoplatishga haqlisiz. Tegishli joylarga murojaat qilib haqqingizni oxirigacha talab qiling. Vallohu a’lam!
28 Oktabr 2023, 12:08 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlarga etkazilgan zararni to‘la qoplatishga haqlisiz. Tegishli joylarga murojaat qilib haqqingizni oxirigacha talab qiling. Vallohu a’lam!
28 Oktabr 2023, 12:08 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar