Erni to‘g‘ri yo‘lga chaqirish

Assalom alekum! Agar ayol erini xarom pul topishidan va zinoga borishidan kaytarib achchiq gapirib dilini og‘ritsa eriga osiy bo‘ladimi? Maqsad erini gunoxdan uzoqlashtirish bo‘lsa xam? Bazan erim shu mavzularda gapirsam norozi bo‘ladilar. Gapirmasam zinoni qarzi bizga tegadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringizni munkar ish ustida ko‘rsangiz uni bundan qaytarishingiz zimmangizdagi vojibdir. Ammo bu ish do‘q-po‘pisa, qo‘pollik yoki tahdid bilan emas, balki xushmuomalalik bilan bo‘lishi lozim. Eringizga bu borada so‘z ochganda maqsadingiz Allohning buyrug‘iga amal qilish bo‘lsin, g‘azabingizni qondirish emas. وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ اللهَ رَفِيقٌ يُحِبُّ الرِّفْقَ فِي الأَمْرِ كُلِّهِ». مُتَّفَقٌ عَلَيهِ.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh taolo muloyimdir. Va har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko‘radi», dedilar. Muttafaqun alayh. Vallohu a’lam!

3 Sentabr 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 186 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar