Zikr savobini ulashish borasida

Assalomu alaykum! Hurmatli «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati. Alloh sizlarning ishingizdan rozi va madadkor bo‘lsin. Bir savol bilan murojat qilishgan ruxsat bersangiz. Men Fazilatli shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Alloh rahmatiga olsin) qalamlariga mansub «Hadis va hayot» to‘plamining 35-juzini o‘qiy boshlab juda ko‘tarilinki kayfiyatga keldim. Allohni zikr qilish ila juda katta savoblarga ega bo‘lsa bo‘lar ekan. Alhamdulillah.
Shu erda menda bir savol tug‘ildi. Men Allohga iltijo qilib «Yo Robbim bundan buyon qiladigan zikrlarim va istig‘forlardan xosil bo‘ladigan savoblarni 1/3 marxum otamga (Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin), ikkinchi 1/3 ni onamlarga va oxirgi 1/3 ni o‘zimga» desam bo‘ladimi? Yani bunday qilishga bizning mo‘tabar dinimizda nima deyilgan. Maqsadim ota-onamga savob ulashishda. Avvaldan tashakkur. Muxlisingiz Shoxrux.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz taqsimlamasdan har birlariga shunchadan deb so‘rang. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/halol-harom/mayt/660-tganlarga-savobni-ba-ishlash-va-uning-ukmi

26 May 2022, 07:53 | Savol-javoblar | 164 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar