Paynetda yo‘l kira

Assalomu alaykum! Paynetimning boshqalardan farqi menga odamlar uyidan turib telefon qilishadi gazga svetga pul tashlab ber deb. Men tashlab beraman va xizmat haqini qancha pul tashlaganiga qarab olaman. Paynet ilovasida emas klik yoki upay kabi dasturlardan foydalanaman va bu dasturlar menga pul bermaydi shuning uchun odamlarning o‘zidan olaman xizmat haqini. Bazi odamlar pulni uyimga olib keladi bazilari esa olib kelmaydi. Shuning uchun pulni olib kelmagan odamlardan kechasi velosipedda uylariga borib 2-3 km gacha aylanib 2-3 soat pullarni yig‘ib chiqaman va uyidan o‘zim olib ketganim uchun yo‘l kira haqiga deb 5 ming yoki 10 ming yana xizmat haqi olaman. Chunki u pullarni plastikka tushirishim uchun yana shaharga borishim kerak yo‘l kira ketadi vaqtim ketadi. Savolim uyimga pulni olib kelmagan odamlardan yo‘l kira sifatida pul olsam ribo bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

3 Sentabr 2022, 20:42 | Savol-javoblar | 124 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar