Kelishuv boshqacha bo‘lgan edi

Assalomu alaykum! Men ishga joylashdim va men o‘z vazifalarim bilan tanishdim, vaqt o‘tgandan kegin menga vazifamga kirmaydigan menga aloqasi bo‘lmagan vazifalarni berishni boshlashdi. Suhbatdan o‘tganimda umuman boshqacha vadalar berilgan edi, hozir esa vaziyat umuman boshqacha, kelishuvni buzib menga boshqa vazifalarni berib unga haq to‘lamasdan ishlatishmoqda, bu holatga shariyatimiz qanday fikrda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelishuvdan ortiqcha qilgan mehnatingizni haqini to‘la olishga shar’an haqqingiz bor. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar