Namoz boshlamoqchiman ammo ko‘nglim g‘ash
Assalomu alaykum! Men oldin 1 maxal namoz ukar edim neyin esa 5 maxal ukar edim lekin namoz ukishimdan keyin yengil bular eiyu ammo kunglim tula bulmas edi duo kilib suragan narsa xech xam amalda oshmadi keyinchalik namozni tashlab kydim xozir xam keyin esa ilsharim va oilaviy sharoit muxiti yomonlashi xozi esa yana namozni boshlamokchi man ammo boshlayman desam kunglim gash yana duo kilsam oshmasa chi deb lekin juda xam xoxolayman namoz ukishni lekin bir nima tuskinlik kilayotgandek. Bu nimadan va kachon namozni boshlasam buladi kay vakti?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni ko‘ngil engil bo‘lishi yoki duolar ijobat bo‘lishi uchun emas, balki Alloh farz qilgani uchun xolis O‘zining roziligini istab ado qilish lozim. Siz hech narsani kutmay darhol ibodatlarni boshlang.
Duodagi iltijoga qaramay, berish muddatining kechga surilishi umidsizligingga sabab bo‘lmasin. U Zot senga O‘zi ixtiyor qilgan narsani O‘zi iroda qilgan vaqtda ijobat qilish kafolatini bergan. Sen ixtiyor qilgan narsani sen iroda qilgan vaqtda emas.
Ibn Atoulloh Sakandariy rahmatullohi alayh ushbu hikmatda duo qilgan banda rioya qilishi lozim bo‘lgan buyuk odobni eslatmoqda. Gohida ba’zi bandalar qanchalik yolvorib duo qilsa ham ijobat bo‘lmaganidan umidsizikka tushib qoladilar. Bu esa to‘g‘ri emas. Duo bobida ham ruhiy tarbiya ustozlari oyati karima va hadisi shariflarni yuqori maqomlardan anglab etib, iymon va ehson darajalarida muolaja qilish tajribalarini hayotga tatbiq qilganlar. Ushbu hikmat o‘sha tajribalarga yo‘g‘rilgan hikmatlardan biridir. Biz ham ularning tajriba va sharhlaridan foydalanishga harakat qilamiz.
Avvalo duoning ma’nosini bilib olaylik. «Duo» so‘zi arab tilida chaqirish, so‘rash ma’nolarini anglatadi. Ko‘pincha duo qilish hamda biron narsani talab qilish ma’nolari bir-biriga aralashib ketadi. Shuning uchun talab nima-yu, duo nima ekanini aniq bilib olish alohida ma’no kasb etadi.
Talab – so‘rovchi nutq qiladigan lafzning vasfidir. «Menga tilagan narsamni bergin» kabi.
Duo esa so‘rovchida paydo bo‘ladigan nafsiy holatdir. Mazkur nafsiy holat ikki narsa bilan: qalb va hislarning uyg‘oqligi hamda ularning har birining siniqlik va hokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bilan va yana duo qiluvchining o‘zi qilgan gunohlar uchun Alloh taologa sidqidildan tavba qila boshlashi bilan bo‘ladi.
Ha, duo qilinayotgan paytda qalb va hislarning uyg‘oqligi hamda ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bo‘lmasa, odatga ko‘ra, ikki qo‘lni ko‘tarib, tilga kelgan talab so‘zlarini takrorlayotgan bo‘ladi.
Bunday vaqtlarda qalb g‘ofil bo‘lishi, tilda bir gap, xayolda esa boshqa gap bo‘lishi ham mumkin. Albatta, bu holatni duo deb bo‘lmaydi.
Bas, shunday ekan, bu ishni qilayotgan odamni «Falonchi Alloh taolodan so‘ramoqda», deyishimiz mumkin. Ammo «Falonchi Alloh taologa duo qilmoqda», deya olmaymiz.
Ko‘pchilik biror narsaga erishmoqchi bo‘lsa, turli duolarni o‘rganib, yod oladi. Ularni takror-takror o‘qib, Alloh taolodan o‘z tilagini so‘raydi. Ammo so‘ragan narsasiga etisha olmay yuraveradi, chunki u haqiqiy duo qilgani yo‘q, shunchaki so‘rash bilan band. Duo deb ataladigan nafsiy holatga erishgani yo‘q.
Shu bilan birga, u o‘zi qilgan gunohlar uchun Alloh taologa sidqidildan tavba qilishni boshlagani ham yo‘q. Balki gunoh qilishda davom etayotgan bo‘lishi ham mumkin.
Axir biror odamdan bir narsani so‘raydigan odam o‘sha beruvchiga nisbatan beodoblik sodir etgan bo‘lsa, avval mazkur beodoblik uchun uzr aytib turib, keyin so‘rovini so‘raydi-ku!? Nima uchun Alloh taologa gunoh qilgan banda U Zotdan uzr so‘ramay turib, yana so‘rovini so‘rashi kerak? Alloh taologa osiy bo‘lib turib, yana qanday qilib U Zotdan «Menga falon narsani ber», deya talab qila oladi?!
Shuning uchun ham ba’zan o‘zi haqida qilgan duosi qabul bo‘lgan kishilarning ko‘pchilik uchun qilgan duolari qabul bo‘lmaydi. Chunki bu kishining o‘zi tavbani yaxshi qilib, duoni ixlos bilan qilgan bo‘ladi. Ammo ko‘pchilik ichida gunohga botib, bunga parvo ham qilmay yurgan kimsalar bo‘lishi mumkin.
Ba’zilar «Odamlar Allohdan so‘raydilar, ammo Alloh ularga hech narsa bermasligi yoki so‘ramagan narsalarini berishi ham mumkinmi?» deb so‘raydilar.
Bu savolga uchta javob bor.
Birinchidan:
Duoni ijobat qilish haqidagi oyat so‘rovchiga bir narsa berishni o‘z ichiga olmagan, balki bu oyat duo qiluvchining duosi ijobat qilinishini o‘z ichiga olgan. Duo qiluvchi esa so‘rovchidan ko‘ra umumiyroq ma’nodagi shaxsdir. Shuning uchun ham duoni ijobat qilish so‘rovni berishdan ko‘ra umumiyroqdir.
Ushbu farq tufayli Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida quyidagilarni aytganlar:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Har kecha Robbimiz dunyo osmoniga tushadi va «Kim Menga duo qiladi, Men unga ijobat qilsam, kim Mendan so‘raydi, Men unga ato qilsam, kim Menga istig‘for aytadi, Men uni mag‘firat qilsam», deydi», deganlar».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar («Irvoul-g‘aliyl», 449-bet).
Ushbu hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam duo qiluvchi bilan so‘rovchining, ijobat bilan atoning orasini farqlamoqdalar.
Ikkinchidan:
Duoning ijobat qilinishi so‘ralgan narsani berishdan ko‘ra keng va umumiydir. Imom Muslimning «Sahih»larida rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam buni quyidagicha tafsir qilganlar:
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Qaysi bir musulmonning duosida gunoh ham, qarindoshlik aloqasini uzish ham bo‘lmasa, U Zot unga buning sababidan uch (xislat)dan birini beradi:
Yo so‘ragan narsasini tezda beradi. Yoki uning uchun oxiratga olib qo‘yadi. Yoxud unga teng yomonlikni undan daf qiladi».
«Undoq bo‘lsa, (duo) ko‘paytirilar ekan-da?», dedi.
«Alloh ko‘paytiruvchiroqdir», dedilar».
Buxoriy «Adabul-mufrad»da rivoyat kilgan.
Musulmon inson duoni yolvorgan holda takror va takror qiladi. Duoni o‘rniga qo‘yib ado qilganidan keyin duosi ijobat bo‘lishidan noumid bo‘lmaydi.
Agar u noumid bo‘lsa, uning duosi sababchilik vositasi ila urinishga aylanib qoladi. Duo qabul bo‘lishining kechikishi Robbining eshigini qoqishdan yuz o‘girishiga sabab bo‘lgan bo‘ladi. Muhtojlikning izhori va doimo munojotda turishning maqomi bo‘lmish duoda nuqsonga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi.
Bu borada shayx Ahmad Zarruq rahmatullohi alayh quyidagilarni yozadi:
«Odamlar uch turlidir:
– Robbini tafviyz – havola ila qasd qilgan odam. Bas, unga U Zotdan rozilik va U Zotga bog‘lanish hosil bo‘ladi. Bu turdagi banda qabulning kechikishi va boshqa sabab tufayli burilib ketmaydi.
– Mavlosining eshigi oldida U Zotning va’dasiga ishongan holda va hukmiga intizor bo‘lgan holda turgan odam. Duosining qabuli kechga surilganda, u o‘zini kamchilikka yo‘l qo‘ygan va duoning qabul bo‘lish shartlari vujudga kelmagan deb hisoblaydi. Bu holat uni gohida umidsizlikka soladi, gohida umidvorlikka. Agar murodi muyassar bo‘lsa, qalbida shariat ulug‘vor bo‘ladi.
– Eshik oldida sabablar ila, uzrlar ila bog‘langan, g‘aflat ila o‘ralgan, g‘arazini talab qilgan, hukmga ham, hikmatga ham boqmay turgan odam. Bu odam va’daga ishonmay, shak qilgan yoki hayratga tushgan, yoxud umidsizlikka, yo sababga asir tushgan odamdir. Alloh taolodan ofiyat so‘raymiz».
Shayx Abdulaziz Mahdaviy[1] rahmatullohi alayh aytadi: «Kim duosida o‘z ixtiyorini tark qilmasa, Haq taoloning ixtiyoriga rozi bo‘lmasa, u darajama-daraja olinadir. Bunday odam haqida: «Buning hojatini chiqaringlar! Uning ovozini eshitishni yoqtirmayman», deyiladi. Kim duosida Alloh taoloning ixtiyori ila bo‘lsa, o‘zining ixtiyori ila bo‘lmasa, agar so‘ragani berilmasa ham, duosi ijobat bo‘lgan bo‘ladi. Ishlar oqibatiga qarab baholanadi».
Duoning qabul bo‘lishidan umidsizlikka tushish borasidagi johillik va’daning keng ekani va uning voqe bo‘lishi chegaralanmaganligini bilish ila ketkaziladi. Shuning uchun ham Ibn Atoulloh Sakandariy o‘zining ushbu hikmatida quyidagilarni aytadi:
«U Zot senga O‘zi ixtiyor qilgan narsani O‘zi iroda qilgan vaqtda ijobat qilish kafolatini bergan. Sen ixtiyor qilgan narsani sen iroda qilgan vaqtda emas».
Har bir banda ushbu haqiqatni yaxshi anglab olishi va butun vujudiga singdirishi kerak. Qanday qilib ojiz banda o‘zi istagan narsasini o‘zi istagan vaqtda muhayyo qilishini Robbidan talab qilishi mumkin?! Balki U Zotga yolvorishi, butun borlig‘i bilan iltijo qilishi va ijobatini U Zotning O‘ziga havola qilishi bandadan talab qilinadigan yuksak odobdir. Bundan o‘zgacha bo‘lishi, duoning ijobati kechikkanda umidsiz bo‘lishi beodoblikning yuksak cho‘qqisidir.
Alloh taolo G‘ofir surasida marhamat qiladi:
«Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman» (60-oyat).
«Menga duo qiling, qabul etaman, Menga iltijo qilib, hojatingizni so‘rang, so‘raganingizni beraman», deydi Alloh taolo.
Ojizligini, hojatmandligini e’tirof etib, duoni qabul qiluvchi Zotning jaloliga munosib odob-axloq bilan so‘rash bandaning ishi. Qolgani esa Alloh taoloning O‘ziga havola. Hazrati Umar roziyallohu anhu: «Men ijobat tashvishini chekmayman, men duo tashvishini qilaman. Menga duo qilish ilhom etilsa, ijobat ham qilinadi», der edi. Ha, Alloh O‘ziga iymon bilan duo qilganlarning duosini ijobat etadi.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki, sizning biringiz shoshilib, «Duo qildim, ijobat bo‘lmadi», demasa, unga ijobat qilinadi», dedilar».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Duoning odoblaridan biri uning ijobat bo‘lishiga shoshilmaslik va «Nima uchun duoim qabul bo‘lmayapti?!» demaslikdir.
Alloh taolo O‘zining ululazm payg‘ambarlaridan ba’zilarining duolarini bir necha asrlardan keyin ijobat qilgan.
Alloh taolo Baqara surasida marhamat qiladi:
«Robbimiz, ularning ichiga o‘zlaridan ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, ularga Kitobni va hikmatni o‘rgatadigan, ularni poklaydigan Rasul yubor. Albatta, Sen O‘zing o‘ta izzatlisin, o‘ta hikmatlisan» (129-oyat).
Alloh taolo Ibrohim va Ismoil alayhimassalomning duolarini ko‘p asrlardan so‘ng ijobat qilib, Muhammad alayhissalomni payg‘ambar qilib yubordi. U zot Ibrohim va Ismoil alayhimassalomning zurriyotlaridan bo‘lib, duodagi barcha sifatlar u kishida mujassamdir.
Chin dildan qilingan duo albatta qabul bo‘ladi. Lekin qabul qiluvchi Zot qachon xohlasa, o‘shanda qabul qiladi. Odamlar buni tushunmay shoshiladilar, noumid bo‘ladilar, xolos.
Alloh taolo Muso va Horun alayhissalomlarning duolarini qirq yildan keyin ijobat qilgan.
Shayx Ahmad Zarruq deydi: «Alloh taolo istagan shaklda va vaqtda ijobat qilishining uch ma’nosi bor:
Birinchisi: Bandaga mehr va inoyat ko‘rsatish. Zotan, U Zot o‘ta karamli, o‘ta rahmli va o‘ta ilmlidir. O‘ta karamli Zot qachon Unga aziz bo‘lgan kimsa Undan biror narsani so‘rasa, unga O‘zi o‘rgatgan narsaning eng afzalini beradi. Banda esa nima yaxshi va nima yomonligidan johildir. U o‘zi uchun yomon bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rishi va o‘zi uchun yaxshi bo‘lgan narsani yomon ko‘rishi mumkin.
Ikkinchisi: Bunday bo‘lishi bandaning nazarida bandalik hukmlari boqiyroq va robblik hukmronligi zohirroq bo‘lishi uchundir. Chunki agar duoning ijobati bandaning murodiga butunlay muvofiq bo‘ladigan bo‘lsa, Alloh taologa hukmini o‘tkazish bo‘ladi va bu botildir.
Uchinchisi: Duo bandalikdan iborat bo‘lib, uning siri hojatmandlikni izhor qilishdir. Agar ijobat bandaning murodiga muvofiq bo‘lishi shart bo‘lsa, talab qilishda hojatmandlik yo‘qoladi. Bas, unda duoning shariatga kiritilishining hikmati va talab qilinuvchiga muztar bo‘lish botil bo‘ladi».
Ba’zilar demishlar: «Duoning foydasi U Zotning huzurida hojatmandlikni izhor qilishdir. Aslida Alloh taolo nimani istasa, shuni qiladi».
Alloh taolo barchalarimizni duodagi iltijoga qaramay, berish muddati kechga surilganda umidsizlikka tushmaydigan bandalaridan qilsin! Omin!Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Xislatli hikmatlar sharhi kitobidan)[1] Abu Muhammad ibn Abu Bakr Abdulaziz Mahdaviy so‘fiy shayxlarning ulug‘laridan, Afrikadagi uch qutbning biri bo‘lgan. Shayx Muhyiddin ibn Arabiy u haqda juda ko‘p iliq so‘zlarni aytgan, hatto o‘zining risolalaridan «Risolati Quddusiya»ni unga bag‘ishlagan. Ushbu risolaning avvalida «Zaif banda kaminadan valiyim, birodarim, din ustuni, vasiq Abu Muhammad ibn Abu Bakr Mahdaviyga» degan yozuv bitilgan.
Shayx Mahdaviy 621 sanada vafot topgan. Vallohu a’lam!
4 Sentabr 2022, 09:59 | Savol-javoblar | 171 | Namoz