Firibgar ustalar

Assalomu alaykum! Men yosh ustaman, o‘zim hali to‘liq ish olmaganman. Bizni boshlig‘imiz ya’ni katta usta ishni olib, savdolashadi, ishni boshlaymiz, u kishi bizga oylik beradi va biz bilan birga ishlaydi. Ishni etarlicha sifatli bajarmaydi. Bilaturib noto‘g‘ri bo‘lsa ham shu holicha qilib ketaveradi. U kishi bilan birinchi marta ishlashim, meni ustozlarim boshqa ustalar. Hozirgi ishimizda aytganimdek ishni etarlicha sifatli qilmadi, uyni egasiga qilib beraman degan ishni bir qismini qilib bermadi, bundan tashqari ijaraga anjom olgan uni pulini aytilgan vaqtda bermagan, ish oxirlashaverganda telefonini o‘chirib, yo‘qolib qolaverdi, onda-sonda bir kelardi. Bir tomondan uyni egasi norozi, bir tomondan anjomni egasi ham. Usta go‘yoki yashirincha kelib ketardi, menga bu yoqmadi, uyni egasi va ijarachi meni ko‘z oldimda zulm ko‘rayotgandek tuyilardi. Usta yolg‘onchi edi. Men ham undan pulimni ololmaymanmi deb qo‘rqardim. Gapni cho‘zganim uchun uzur, batafsilroq ma’lumot bermasam sizlar aniq javob berishga qiynalasizlar edi. Savolim quydagicha: men uyni egasiga va anjomni egasiga ustamiz haqida habar bersam(keldi-ketdi degandek), ya’ni ularni uchrashtirish uchun. Men noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lamanmi? Men qanday yo‘l tutay? Agar ustaga yon bersam bu tomonda mazlumlar bor, bu ikkisiga yordam bersam usta g‘azablanadi, meni sotayapsanmi degandek.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zgalarning haqqi poymol bo‘layotgan o‘rinda o‘sha haq egalariga ular uchun zaruriy ma’lumotlarni berishingiz joiz. Bu josuslikka kirmaydi. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar