Vijdonim qiynalayapti

Assalomu alaykum! Meni kichik biznesim bor. Shu biznesimni kengaytirish maqsadida huddi shu ishni qiladiga korhonalarga ishga kirib vaqtincha ish o‘rgansam bo‘ladimi? Tadbirkorga huddi o‘zidaqa biznisim borligini bildirmay yani agar aytsam meni ishga olishmasdi. Ular menga hamma sir asrorlarini o‘rgatishyapti. To‘g‘risi vijdonim qiynalayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Korxona o‘sha sir saqlanayotgan uslublarni o‘zlari ishlab chiqqan va uni tarqatishni ta’qiqlagan bo‘lsalar ularning ruxsatisiz o‘zlashtirib olishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

6 Sentabr 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 130 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar