Sut emishganlik haqida
Assalomu alaykum! Xolamning (onamni singlisi) o‘g‘li yoshlik paytida onamiz u kishini emizganlar. U paytda men tug‘ilmagan edim. Akam bilan emikdosh bo‘lganlar. Shu holatda xolamnung o‘g‘li menga ham mahram hisoblanadimi? Yonida ro‘molda bo‘lishim shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Emikdoshlik ikki yoshdan kichik bo‘lgan go‘dakning onasidan boshqa, sutli ayolni to‘yib emishidir. Ana o‘shanda u ayol bolaning onasiga, eri esa, otasiga, bolalari aka-ukasi va opa-singillariga aylanadilar. Shuningdek, boshqa qarindoshlar ham emgan bolaga xesh bo‘ladilar. Emikdosh bo‘lish uchun bir vaqtda emgan bo‘lishi shart qilinmaydi, balki bir ayolni emishi bilan emikdosh bo‘ladi. Agar xolangizni o‘g‘li onangizni ikki yoshgacha bo‘lgan vaqtida sutini emgan bo‘lsa, sizga ham mahram bo‘ladi. Oldida ro‘molsiz yursangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush