Mumkin emasmi?

Assalomu alaykum! Do‘stlarim bilan osh qilib suxbat tashkil qilgan edik, oshimiz ortib qoldi va bir kishi uni uyga olib ketaman uydagilar eb qo‘yishadi dedi keyin unga javoban bir do‘stimiz nomaxram erkaklardan qolgan ovqatni ayol kishi eyishi mumkin emas dedi, shu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odamdan qolgan suv yoki taom u xoh mo‘min bo‘lsin yo kofir bo‘lsin, erkak bo‘lsin yo ayol bo‘lsin birdek pokdir. Bundan avval najosatni iste’mol qilmagan bo‘lsa bas. Ular bir-birlaridan ortib qolgan taomlarni eyishlari mumkin. Ammo bu ish nomahramlar bir-birlaridan lazzatlanishlari qasdi bilan qilinadigan bo‘lsa haromga aylanadi. Chunki o‘ziga halol bo‘lmagan odamdan huzurlanish ham, unga olib boruvchi vositalar ham haromdir. Ibn Umar roziyallohu anhu ayol kishi turib ketgan joyga to sovumagunicha boshqa bir kishi o‘tirishidan man qilar edi. Vallohu a’lam!

20 Sentabr 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 115 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar