Oylik maosh xaqida

Assalomu alaykum! Oylik maosh kechiktirib berilsa oylik maosh oluvchining qilingan savdoni foydasidan xaqqi bo‘ladimi? Yani kechikkan paytda bo‘lgan savdoni foydasida xaqqi bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqqi bo‘lmaydi. Maoshni uzrsiz kechiktiruvchi esa zolim hisoblanib, harom ish qilgan bo‘ladi. حَدَّثَنِي بِشْرُ بْنُ مَرْحُومٍ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سُلَيْمٍ، عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ أُمَيَّةَ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ أَبِي سَعِيدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «قَالَ اللهُثَلَاثَةٌ أَنَا خَصْمُهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، رَجُلٌ أَعْطَى بِي ثُمَّ غَدَرَ، وَرَجُلٌ بَاعَ حُرًّا فَأَكَلَ ثَمَنَهُ، وَرَجُلٌ اسْتَأْجَرَ أَجِيرًا فَاسْتَوْفَى مِنْهُ، وَلَمْ يُعْطِ أَجْرَهُ».Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh dedi: «Uch (kishi) borki, Qiyomat kuni Men ularga xusumatchiman: Mening nomim bilan (ahd) berib, keyin xiyonat qilgan kishi; hur odamni sotib, pulini egan kishi; ishchi yollab, undan (ishni) to‘la talab qilib olib, haqini bermagan kishi».(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عن عبد الله بن عمر رضي الله عنهما قالقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: (أعطوا الأجير أجره قبل أن يجف عرقه)، رواه ابن ماجهAbdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ajir(ishchi)ning haqqini terisi qurimay ado qilinglar” dedilar. Ibn Moja rivoyati. 
Ijaraga olingan ishchining haqqini bermaslik yoki kechiktirish zulm va harom amal hisoblanadi. Molu-davlat zulm bor joyda turmaydi. Vallohu a’lam!

20 Sentabr 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar