O‘z farzandini kuydirish

Assalomu alaykum! Qo‘shinimiz o‘z farzandini maktabda baxo olmagani uchun pichoqni gazda qizdirib o‘g‘lini bilagiga bosgan edi. Shundan keyin ayoli farzandini olib ketib qolgandi. Xaligacha farzandini ko‘rsatmaydi otasiga. Xullas qo‘shnim nima qilishni bilmayapti qo‘shnimni o‘ylashicha farzandimda xaqqim qolmadi yoki farzandimga oq bo‘ldim deb siqilib yuripti. Shuni masalasi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota yoki ona o‘z farzandini odob berish uchun engil urishi joiz. Bunda bolaning sog‘lig‘iga zarar etmasligi, g‘azab vaqtida urmasligi, yuziga urmasligi, urishda mubolag‘aga yo‘l qo‘ymasligi shart qilinadi. Qo‘shningiz farzandini qizdirilgan pichoq bilan kuydirib haddidan oshibdi. Shariat buni zulm deb baholaydi. Endi qilgan ishi uchun tavba va istig‘for aytishi, farzandining ko‘nglini olishi lozim. Vallohu a’lam!

23 Sentabr 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 111 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar