Bildirmay pul olish

Assalomu alaykum! Xo‘jayinimlani 2ta do‘konlari bor. Ikkinchisi meni nomimda, xisob raqami xam meni nomimga ochilgan, xo‘jaynim boshqaradila. Telefonimda bank ilovasi bor, u orqali terminalga tushgan pullarni plastik kartaga o‘tkizsa bo‘ladi. Xo‘jaynim ro‘zg‘or uchun qancha so‘rasam beradilar, lekin shaxsiy extiyojimga berishlari sal qiyinroq. Savolim, xisob raqami meni nomimda bo‘lgan do‘konning schyotidan plastigimga erimga bildirmasdan oz-ozdan olib tursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Eringizdan beso‘roq olmang. Hind bint Utba roziyallohu anhoning hadisi sizning holatingizga tushmaydi. Vallohu a’lam!

24 Sentabr 2022, 21:20 | Savol-javoblar | 107 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar