Haqqi bormi?

Assalomu alaykum! Bir birodarimni aytishicha, kelin xohlasa qaynona va qaynotaning xizmatini qilmaslikka haqqi bor ekan. Chunki hadislarda ham qaynona va qaynotasini xizmatini qilsin degan joyi  yo‘q emish. Yana, faqat erining xizmatini qiladi deydi. Birodarimning gaplari to‘g‘rimi? Kelinning shunday qilishga haqqi bormi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqqi bor. Lekin xizmat qilganga xizmat qilinadi. Bu gap qaynona va qaynota kelinni xizmatini o‘zlari uchun qilinayotgan sadaqa-ehson deb qabul qilishlari uchun aytilan. Haqiqatan ham shunday. Kelinning xizmat qilishi esa, o‘zining baxtu saodatining kalitidir. Chunki bunda erining xursandchiligi va roziligi bor. عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَيُّمَا امْرَأَةٍ مَاتَتْ وَزَوْجُهَا عَنْهَا رَاضٍ دَخَلَتِ الْجَنَّةَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir xotin o‘lsa-yu, eri undan rozi bo‘lsa, u jannatga kiradi», dedilar». Termiziy va Hokim rivoyat qilganlar. Sharh: Demak, eri rozi bo‘lmagan xotin jannatga kira olmaydi. Shu hadisning o‘zidan erning xotinidagi haqqi qanchalik ulug‘ligini bilib olish mumkin. Jannatga kirish niyatida bo‘lgan ayol o‘z erini rozi qilishga doimiy harakatda bo‘lishi kerak. Bu erning xotindagi haqlaridandir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar