Oilani saqlab qolish uchun gunoh

Assalomu alaykum! Ahli ayoli bo‘la turib boshqalar bilan ko‘p vaqt davomida zino qilib yurgan odamni bu yo‘ldan qaytarish uchun u odamni o‘z ayoliga qaratib o‘qitish mumkinmi? Rasmiga yoki biror bir tana azosiga (Undan keyin faqat o‘z ayolini sevadi va boshqaga qaramaydi). U odam hech kimni gapiga quloq solmaydi, o‘zi ishini qilishdan tiyilmaydi, oilani saqlab qolish uchun shu ishni qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sehr shariatimizda harom. Oilani saqlab qolishni yuzlab halol yo‘llari turganida haromdan foydalanilmaydi. Vallohu a’lam!

27 Sentabr 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 117 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar