Eridan pul yashirish

Assalomu alaykum! Men ishlayman 7 milyon oylik olam shu oyligimni 1 milyonini erimdan yashirib to‘playman yoki o‘z extiyojlarmga ishlataman. Qolgan 6 millioni erimga beraman. Men Qur’on o‘qiyman o‘qiyotgan paytim rosa qiynalaman yolg‘on gapirib pul yaxshiryotganim uchun. Bazida u pulni to‘plab exson qilaman bazida opa singlimni extiyojlar uchun narsalar olib beraman. Dadam, akam, ukam yo‘qligi uchun ularga yordam berib turaman. Men erimni oldida gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz ishlab topgan pul sizning shaxsiy haqqingiz, uni birovga berish majburiyatingiz yo‘q. Eringiz bilan shu masalani ochiq oydin kelishib oling. Ammo har qanday holatda ham yolg‘on gapirmang. Vallohu a’lam!

27 Sentabr 2022, 18:11 | Savol-javoblar | 123 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar