Oyatni taxoratsiz aytish

Assalomu alaykum! Men doim ham taxoratda bo‘lmayman. Lekin eng katta orzularimdan biri butun umrimni taxoratda o‘tkazish. Namoz vaqti kirishi bilan taxorat qilaman, bazan joynamozga etib borolmay taxoratim buziladi. Ko‘p ichim damlagani sababli. Har namozga taxorat qilishga urinaman.O‘zimni soxibi uzr deyolmayman chunki ora sirada bir haftada bir yaxshi ham bo‘lib qolaman. Shunday xolatimdayam men namoz payti el chiqib taxoratim buzilsayam namozni davom ettiraymi yoki borib yana taxorat qilaymi? 2). Betaxorat xolatimda doim Oyatal Kursiy, zikrlar va bazi oyatlarni aytib yursam bo‘ladimi? Fotiha surasidagi "Iyyaka nabudu va iyyaka nastain" oyatini o‘zini bazan negadir juda ko‘p aytaveraman, shu ishim joizmi? Shuni aytsam elkamdan tog‘ ag‘darilganday bo‘ladi. Undayam betaxorat bo‘laman ko‘pincha. Men shayton vasvas qilib taxoratimga ziyon beryaptimikin deb juda o‘kinaman. Yo‘l yo‘lakay daraxtlarni ayniqsa tut, qushlarni ko‘rsam "sizlarga Allahning salomi bo‘lsin" deyman, bu ishim noto‘g‘rimi? Allahning salomi faqat insonlargami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Quyidagi maqolalarni o‘qib o‘zingizni sohibi uzr holatiga tushasizmi yo‘qmi aniq bilib oling. Agar tushmasangiz har tahoratingiz buzilganda yangilashingiz lozim.2). Qur’on qiroat qilish va boshqa zikrlarni aytish uchun tahorat shart qilinmagan.3). Ularning o‘rniga siz tanigan-tanimagan insonlarga salom bering. O‘simliklar va hayvonlarga salom berishdan manfaat borligini bilmaymiz. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2022, 17:38 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar