Ish vaqtida telefonga qarasam

Assalomu alaykum! Ish vaqtimda telefonga qarash odatim bor. O‘yin o‘ynab o‘tirmeman, lekin shaxsiy sms kelsa, unga javob yozishim mumkin. Xamda bir xillarda kontsentratsiyam pasayib, internetda 10-15 minut boshqa narsa qilishim xam mumkin, masalan axborot o‘qiyman. Endi o‘ylanib qoldim - menga ish xonam 8 soat ish uchun to‘lasa va men o‘sha vaqtda bir-bir ishga bog‘liqmas narsa qilsam. Shu ishimdan tushgan pul xarom bo‘ladimi endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xos ishchi ish vaqtida bor mehnatini ish beruvchining manfaatiga sarflashi shart. Umumiy kelishuvlarda ushbu vaqtdan faqatgina insoniy hojat, farz ibodat va taomlanish kabi zaruriy hojatlar istisno qilingan bo‘ladi. Ish vaqtida ish beruvchi sizga yumush topib bera olmasa ham uning ruxsatisiz shaxsiy ishingiz bilan shug‘ullanishingiz joiz emas. Savolda aytilgani kabi oz vaqt ishdan chalg‘ishga ehtiyojingiz bo‘lsa ish beruvchidan shunday qilishga ruxsat so‘rab olishingiz shart. Agar undan beruxsat ish vaqtida belgilangan ishdan chalg‘isangiz, o‘sha chalg‘igan vaqtingiz miqdoricha ish beruvchining haqqini egan bo‘lasiz. Bandaning haqqini haq egasi kechib yubormagunicha Alloh kechirmaydi. Vallohu a’lam!

13 Oktabr 2022, 15:02 | Savol-javoblar | 258 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar