Bozorga kirayotanda o‘qiladigan duo

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohni bir vidio maruzalarida bir duoni aytganlar. Shuni to‘lig‘ligicha yozib jo‘natishingizni iltimos qilaman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bozorga kirayotib la ilaxa lilolohu vaxdaxu... qolganini jo‘natishingizni so‘rab qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ دَخَلَ السُّوقَ فَقَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، يُحْيِي وَيُمِيتُ، وَهُوَ حَيٌّ لَا يَمُوتُ، بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، كَتَبَ اللهُ لَهُ أَلْفَ أَلْفِ حَسَنَةٍ، وَمَحَا عَنْهُ أَلْفَ أَلْفِ سَيِّئَةٍ، وَرَفَعَ لَهُ أَلْفَ أَلْفِ دَرَجَةٍ. وَفِي رِوَايَةٍ: بَدَلَ «وَرَفَعَ لَهُ أَلْفَ أَلْفِ دَرَجَةٍ» «وَبَنَى لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bozorga kirganda «Laa ilaaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu, yuhyi va yumiytu va huva hayyun laa yamutu, biyadihil xoyru va huva alaa kulli shay’in qodiyr» desa, Alloh unga millionta hasana yozadi va undan milion yomonlikni o‘chiradi hamda uni million darajaga ko‘taradi», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Uni million darajaga ko‘taradi» o‘rniga «unga jannatdan bir uy quradi», deyilgan.
Termiziy rivoyat qilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 175 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar