Vadani yuvish mumkinmi

Assalomu alaykum! Men yomon vaziyatga tushib Allohga har kun 10 rakatdan nafl namoz o‘qiyman deb vada bergandim. Boshida o‘qidim lekin keyinchalik o‘qishim va boshqa ishlar bilan faqat 5mahal namozni o‘qiy olyapman. Hozirda iltimosim amalga oshgan barchasi yahshi ketyapti lekin nafl o‘qiy olmayotganimdan havotirdaman. Allohga vada berib bajarmaganim uchun har kun gunoh yozladimi? Agar shunday bo‘lsa men shu vadamni qanday yuvsam yoki bekor qilib imkonim bolganda nafl namoz o‘qib yursam boladi? 3kun nafl ro‘za tutish kerak deb eshitgandim lekin kasalim sabab muntazam dori ichib turaman shuning uchun bu mumkinmas bundan boshqa yo‘li bormi? Agar yuvishni iloji bo‘lmasa vaqtini aytmagan edim bu namozni so‘ngi kunimgacha o‘qib yurishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nazr qilgan bo‘lsangiz uni bajarishingiz vojib. O‘rniga boshqa amal o‘tmaydi. Nazr qilmagan bo‘lsangiz vojib emas. Imkon boricha ado qilib boraverasiz. Vallohu a’lam!

13 Oktabr 2022, 15:42 | Savol-javoblar | 269 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar