YouTube da salom berish

Assalomu alaykum! Men YouTube da matematikani o‘rgatuvchi video tayyorlab yuklashni boshladim. Albatta video "Assalomu Alaykum" deb boshlanadi. Bir o‘rtog‘im videoni ko‘rayotganlarni hammasi ham musulmon emas dedi. Biz videoni kim ko‘rayotganligini bilmaymiz. Shunga "Assalomu Alaykum" lafzini olib tashla dedi. To‘g‘risi bu fikr o‘zimni ham xayolimdan o‘tgan edi videoni tayyorlash jarayonida. Azaldan hamma o‘zbeklar musulmon bo‘lganiga, salomni alternativ varianti yo‘q ekan, ya’ni nomusulmonlarga beriladigan beriladigan salom lafzini topolmadim. Menimcha bu savol javobi juda ko‘pchilik YouTube da video chiqaradiganlar uchun foydali bo‘ladi deb o‘ylayman. Savolim shundan iboratki, auditoriya kimligini bilmay turib (albatta bu O‘zbekiston uchun, video o‘zbek tilida), salom bersak bo‘ladimi YouTube da? Shunda qanday lafzni ishlatgan ma’qul, "Assalomu Alaykum", "Salom". Agar mumkin bo‘lmasa, men oldingi videolarni YouTube dan o‘chirib, tahrirlab qaytib yuklaymi ? Albatta shunday buyuk musulmon tarixga ega bo‘lgan jamiyatda bunday savolni tu’gilishini o‘zi bir ayanchli holat. Ammo men videolarni savob umidida qilyapman va u videolar men o‘lganimdan keyin ham YouTube da turadi. Ya’ni doimiy savob kelib turishidan umid qilyapman. Shunga xato qilmaslikka harakat qilyapman. Siz zikr ahliga Allohning rahmati bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Videolaringizni salom bilan boshlashingiz mumkin. G‘ayridinlar ko‘rishi ehtimoli tufayli salomni tark qilmaysiz. Vallohu a’lam!

15 Oktabr 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 270 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar