Davlat tarafidan berilgan sug‘urta

Assalomu alaykum! Chet davlatda magistratura talabasiman. Bu davlatda doimiy ishi yo‘q va topgan oyligi judayam kam bo‘lgan insonlarga davlat tomonidan sug‘urta beriladi. Bu sug‘urta bilan shifoxonalarga turli xil sog‘likdan shikoyatlar bilan murojaat qilsa hammasini davlat to‘lab beradi. Meni ayolim homilador bo‘lgani uchun va homiladorlik davri va farzand tug‘ilish jarayoni hamda farzand tug‘ilgandan keyingi davrdagi chiqimlarni to‘lay olmasligimni bilib davlat sug‘urtasi olganman. Davlat hamma shifoxona chiqimlarimizni to‘lab berdi va hozirda ham to‘lab beryapti. Hozirgacha taxmiman $40,000 atrofida to‘lab berdi. Muammo shundaki davlat budjeti soliq to‘lovchilar to‘lagan pulidan kelib tushadi. Savol: Bizga davlat to‘lab bergan pullar uchun qarzdor bo‘lib qolmaymizmi? Qiyomatda o‘sha soliq to‘lovchilarga yoki davlatga pulni qaytarib bermaganimiz uchun javobgar bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar davlat tomonidan muayyan shartlarga tushuvchi shaxslarga beriladigan yordam ko‘rinishida bo‘lsa olish joiz. Vallohu a’lam!

30 Oktabr 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 237 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar