To‘y haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, namozxon dindan yaxshi habari bo‘lgan bir inson qiz chiqariyapti, u kuyov tomonga boshida qizimga hech narsa qilmayman rozi bo‘lsang ol deb aytgan, ular rozi bo‘lishgan. Mana to‘y ham yaqinlashdi bu orada qizga olib berilishi kerak bo‘lgan narsalarni deyarli hammasini kuyov tomon qildi. Lekin qiz bolani o‘zini juda ham shaxsiy bo‘lgan olinishi kerak narsalar ham bor albatta, bu hechkimga sir emas. Naxorgi osh qilib berishi uchun ham odatlarimizga ko‘ra kuyov tomon qizning otasiga etarlicha mablag‘ bergan albatta. O‘sha ota odamlar uchun emas yoki boshqa narsa uchun emas balki qizining hursandchiligi uchun bo‘lsa ham o‘sha kerakli bo‘lgan narsalarni olib berishi kerak emasmi. Oshdan tushgan pulni ham bermagan ekan, ayoli qizimizni ozroq bo‘lsa ham kamini to‘ldiraylik, oyog‘ida bitta ham tufligi bita ham tapochkasi yo‘q axir deb o‘sha pulni so‘rasa ayolini urib bermayman debdi. U qizga qo‘ldan kelgancha qarindosh urug‘lar xolalar opa singillar yordam qilishyapti. U otani yaxshi inson deb gumon qilaman. Lekin xatto oddiy chimildiq degan matoni ham olib berishdan bosh tortgan otaga maslahatingiz kerak. Balki u haqdir balki bunchalik qilishi kerak emasdir, balki o‘sha bir ikkita narsalar qizning otadagi haqqidir, bilmayman, maslahat bering va men buni u otaga etkazaman inshaAlloh.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilgan ishlarini qilsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizni o‘ziga kerakli ba’zi bir narsalarni o‘ziga olib berganlar. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 162 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilgan ishlarini qilsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizni o‘ziga kerakli ba’zi bir narsalarni o‘ziga olib berganlar. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 162 | Aqiyda