Nazrga o‘tadimi?

Assalomu alaykum! Men farzandli bo‘lishimdan oldin mazam bo‘lmaganda eson omon qo‘limga olvosam tovuqmi sadaqa qilaman nazr qilaman deb exson qilishni niyat qilgandim. Kattarogiga mablag‘imiz kamroq edi. Alhamdulillah farzandli bo‘ldik kimga qanday berishni bilmay qoldim opamning ham farzandiz kasal pulga muhtoj tovuqni o‘zini birortaga bersam yomon xayolga borishim yoki irim qilishi mumkun, deb opamga pulini berdim. Shu ishim o‘sha nazrga o‘tadimi pulini bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Opangizga o‘sha pulni berib nazringizni ustidan chiqqansiz. Vallohu a’lam!

30 Oktabr 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 241 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar