Harom o‘lgan uy havonlarini ko‘mish

Assalomu alaykum! Harom o‘lgan uy xayvonllarini oldin so‘yib Bismilloh Allohu akbar aytib keyin ko‘mish kerakmi? Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q. Terisini shilib olib foydalansa bo‘ladi. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَجَدَ شَاةً مَيْتَةً أُعْطِيَتْهَا مَوْلَاةٌ لِمَيْمُونَةَ مِنَ الصَّدَقَةِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «هَلَّا انْتَفَعْتُمْ بِجِلْدِهَا». قَالُوا: إِنَّهَا مَيْتَةٌ، فَقَالَ: «إِنَّمَا حَرُمَ أَكْلُهَا». رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymunaning ozod qilgan cho‘risiga sadaqadan berilgan qo‘yning o‘ligini ko‘rdilar va:
«Buning terisidan foydalansangiz-chi!» dedilar. Ular:
«Bu harom o‘lgan», deyishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Uni eyish harom, xolos», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:05 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar