Bandalarning bergan va’dalari

Assalomu alaykum! Ma’lumki  almisoqda  barcha  ruxlar  Allohga  sen  bizning Robbimizsan  deb  va’da  bergan, lekin  dunyo  olamida  ushbu  va’da  esdan  chiqadi  va  jon  pardasi  ko‘tarilganda  barchasi  esga  tushadi. Ushbu  xolat  nega  shunday  bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda Alloh taoloning imtihoni bor. Alloh “Bandalarim Men payg‘ambarlarni yuborib, ularga O‘zimni tanishtirsam va o‘sha kundagi va’dalashuvni eslatsam tasdiq qilarmikin yoki yo‘qmi?” deb imtihon qilish uchundir. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 06:40 | Savol-javoblar | 172 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar