Nasiyaga sotib, qayta sotib olganman

Assalomu alaykum! Men bir insonga nasiyaga telefon sotganman. Telefonni o‘zi garovga qo‘yilgan. Muddati, summasi aniq yozilgan. Oradan 2 xaftalar vaqt o‘tib u insonni telefonni arzonroqga sotayotganini bilib qoldim. Unga telefonni o‘zim sotib olishimni u esa qolgan qarzini kelishilgan muddatda to‘lab borishini aytdim. U rozi bo‘ldi va men unga pul berib telefonni oldim va boshqa insonga sotib yubordim. Kegin bilsam bu ishim noto‘g‘ri ekan. Lekin rozi bo‘lgan inson ham uchiga chiqqan firibgar ekan. Kelishilgan muddat tugab bo‘lgan. Pulimni xali olganim yoq. Men bu vaziyatda nima qilay? Unga ustama qo‘yib sotganman. O‘sha foydamni ayirib o‘zim tikkan pulimni chiqarib olsam bo‘ladimi? Yoki 2 xafta tutgan pulini ham o‘zimni pulim bilan qo‘shib olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar oldindan shartlashmasdan sotib olgan bo‘lsangiz, savdoyingiz durust. Vallohu a’lam!

26 Avgust 2023, 10:03 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar