Ayol kishida hirs uyg‘onsa
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar bir erli, oilali ayol (erdan ajrashmagan) uylanmagan bo‘ydoq yigit bilan o‘pishib ko‘rishganda (yuzidan yoki labidan) ayolda hirs uyg‘onsa, qalbida fitna paydo bo‘lsa, o‘sha ayolni o‘z eri bilan nikohi buziladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nomahram bilan bu kabi ishlarni qilish zino bo‘ladi. Agar o‘pishayotgan erkak erining otasi yoki ayolning voyaga etgan o‘g‘li bo‘lsa va ayolda shahvat uyg‘onsa, ayolning eri bilan oralaridagi nikohi abadiy harom bo‘ladi. Agar ayol o‘pishayotgan erkak o‘zining otasi bo‘lsa va ikkisidan birida shahvat uyg‘onsa, ota-onasining nikohi harom bo‘ladi. Mutlaqo begona bo‘lsa, qattiq gunohkor bo‘ladi, lekin nikohi buzilmaydi. Vallohu a’lam!
22 Aprel 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush