Ayolim otasi bilan gaplashmaydi
Assalomu alaykum! Ayolimni ota onasi ajrashgan men nikoximga olganimdan beri otasi bilan gaplashganini ko‘rmadim nomeri xam yo‘q dadasini duosini olib xabar olish kerak deb ko‘p gapiraman. Ishiz bo‘lmasin dadam boshqasiga uylangan bolari bor deydi. Ayolim rossiyada ishlaydi oyligidan otanga pul yubor oz bo‘lsa xam duosini ol desam pul bilan duo olmiman deydi. Boshqa nasixat qilmaymi yoki birga olib boraymi, aloqani tiklasa yaxshimi otasi bilan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarindoshlar bilan silai-rahm qilish vojib amaldir. Siz nasihat qilib qo‘ying. Zimmangizdan soqit bo‘ladi. Ayniqsa otaning holidan xabar olib turish, xizmatini qilish va roziligini olish har bir farzandning burchi. Garchi ota-ona ajrashib ketgan bo‘lsalar ham. Ayolingizning otasiga nisbatan bunday befarqligi shariatga to‘g‘ri kelmaydi. Hadisi sharifda bunday deyilgan:وَلِلْبُخَارِيِّ وَأَبِي دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيَّ: لَيْسَ الْوَاصِلُ بِالْمُكَافِئِ وَلَكِنِ الْوَاصِلُ الَّذِي إِذَا قُطِعَتْ رَحِمُهُ وَصَلَهَا Buxoriy, Abu Dovud va Termiziylarning rivoyatida:
«Silai rahm qiluvchi berganga yarasha qaytargan emas. Lekin silai rahm qiluvchi o‘zining silai rahmi kesilganda uni bog‘lovchidir», dedilar».
Sharh: Falonchi menga yaxshilik qilgan edi, men ham unga yaxshiligini qaytarib qo‘yishim keraq degan ma’noda ish qilgan odam silai rahm qiluvchi hisoblanmas ekan.
Haqiqiy silai rahm qiluvchi qarindoshlik aloqasini uzib qo‘yganga yaxshilik qiluvchi shaxs ekan.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu hakda o‘zlarining boshqa bir hadisi shariflarida:
«Uch narsa Allohning nazdida karamli axloqdandir; senga zulm qilganni avf qilmog‘ing, seni mahrum qilganga ato bermog‘ing va sen bilan aloqani uzgan bilan aloqa bog‘lamog‘ing», deganlar.
Bas, biz bilan aloqani uzgan qarindoshlar bilan aloqani yaxshilashga harakat qilaylik.
Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Rahm Rohmandan olingandir. Bas, Alloh «seni kim uzsa, Men ham uni uzaman. Kim seni bog‘lasa, Men ham bog‘layman», dedi», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat qilishgan.
Sharh: Silai rahmdagi «rahm» Alloh taoloning ismlaridan biri bo‘lmish «Rohman» ismidan olingan. Shuning uchun Alloh taolo silai rahm qilgan kishi ila aloqa qiladi va silai rahmni kesgan kishidan aloqani kesadi.
Bu ma’noni to‘liq tushunib etmog‘imiz va unga munosib munosabatda bo‘lishimiz lozim.وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إنَّ اللهَ خَلَقَ الْخَلْقَ حَتَّى إِذَا فَرَغَ مِنْ خَلْقِهِ قَالَتِ الرَّحِمُ: هَذَا مَقَامُ الْعَائِذِ بِكَ مِنَ الْقَطِيعَةِ، قَالَ: نَعَمْ، أَمَا تَرْضَيْنَ أَنْ أَصِلَ مَنْ وَصَلَكِ وَأَقْطَعَ مَنْ قَطَعَكِ؟ قَالَتْ: بَلَى يَا رَبِّ، قَالَ: فَهُوَ لَكِ. قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: فَاقْرَءُوا إِنْ شِئْتُمْ - فَهَلْ عَسَيْتُمْ إِن تَوَلَّيْتُمْ أَن تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ وَتُقَطِّعُوا أَرْحَامَكُمْ أُوْلَئِكَ الَّذِينَ لَعَنَهُمُ اللَّهُ فَأَصَمَّهُمْ وَأَعْمَى أَبْصَارَهُمْ - رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh maxluqotlarni xalq qildi. Bas, undan forig‘ bo‘lganida rahm (qarindoshlik):
«Mana shu aloqani uzadigandan panoh so‘raguvchining tutadigan joyimi?» dedi.
«Seni bog‘laydiganni bog‘lab, uzadiganni uzishimga rozi bo‘lasanmi?» dedi.
«Xuddi shundoq! Ey Robbim!» dedi.
«Ana shundoq!» dedi U Zot.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar istasangiz «Ehtimol, (iymondan) yuz o‘girsangiz, er yuzida fasod qilib, qardoshlik rishtalarini uzarsiz?! Ana o‘shalarni Alloh la’natladi, ularni kar qildi va ko‘zlarini ko‘r qildi»ni qiroat qilinglar», dedilar».
Ikki shayx rivoyat qilishgan.
Sharh: Qorindoshlik haqqi Alloh taolo barcha maxluqotlarni xalq qilgan paytdayoq belgilab qo‘yilganini Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam juda ham ifodali qilib bayon qilib bermoqdalar.
Shu bilan birga, u zot o‘zlarining gaplarining tasdig‘i uchun Qur’oni Karim oyatlaridan dalil ham keltirmoqdalar. Muhammad surasidagi bu ikki oyati karimaning ma’nosi ila tanishishimiz juda ham foydalidir.
«Ehtimol, (iymondan) yuz o‘girsangiz, er yuzida fasod qilib, qardoshlik rishtalarini uzarsiz?!»
Bu oyatda iymondan yuz o‘girib, johiliyatga qaytishdan keladigan bu dunyodagi zararlar eslatilmoqda.
Avvalo, er yuzida fasod qilish bo‘ladi. Chunki iymonsiz kishilardan doimo ushbu yomonlik kelib chiqqan.
Shu bilan birga, iymondan qaytganlar o‘z qarindosh-urug‘lari, yoru do‘stlaridan qarindoshlik rishtalarini uzadilar. Bu ham ulkan zarar hisoblanadi.
Ammo o‘sha ishlarning zararlari bu bilan tugab qolmaydi, balki asosiy zarari hali oldinda:
«Ana o‘shalarni Alloh la’natladi, ularni kar qildi va ko‘zlarini ko‘r qildi».
Allohning la’natlashi O‘z rahmatidan va hidoyatidan uzoq qilishi bilan bo‘ladi. Ko‘r va kar qilishi ham hissiy emas, balki ma’naviy bo‘ladi. Ko‘zi sog‘salomat ishlab turadi, lekin ko‘rgan narsalaridan o‘ziga ibrat olmaydi. qulog‘i ham sog‘salomat bo‘ladi, lekin o‘zi eshitgan narsalaridan ibrat olmaydi.
Bunday holga tushib qolmasligimiz uchun silai rahmga alohida e’tibor ila qarashimiz, bu aloqa doimo mustahkam bo‘lib turishi uchun qo‘lmizdan kelgan barcha ishlarni qilishimiz kerak.وَعَنْهُ أَنَّ رَجُلًا قَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ لِي قَرَابَةً أَصِلُهُمْ وَيَقْطَعُونِي، وَأُحْسِنُ إِلَيْهِمْ وَيُسِيئُونَ إِلَيَّ، وَأَحْلُمُ عَنْهُمْ وَيَجْهَلُونَ عَلَيَّ، فَقَالَ: لَئِنْ كُنْتَ كَمَا قُلْتَ فَكَأَنَّمَا تُسِفُّهُمُ الْمَلَّ، وَلَا يَزَالُ مَعَكَ مِنَ اللهِ ظَهِيرٌ عَلَيْهِمْ مَا دُمْتَ عَلَى ذَلِكَ.Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi:
«Ey Allohning Rasuli! Mening qarindoshlarim bor. Men ularga silai rahm qilaman, ular kesadilar. Men ularga yaxshilik qilaman, ular menga yomonlik qiladilar. Men ularga halimlik qilaman, ular menga johillik qiladilar», dedi.
«Agar sen o‘zing aytganingdek bo‘lsang, xuddi ularga issiq kulni edirayotgandeksan. Modomiki, shu holda bardavom bo‘lar ekansan, Alloh tomonidan sen bilan birga ularning qarshisiga bir yordamchi bo‘ladir», dedilar».
Sharh: Bu hadisi sharifda qarindoshlar yomonlik qilsalar ham ularga yaxshilik qilishda bardavom bo‘lishga qattiq targ‘ib bor. Odatda, qarindoshlarga yaxshilik qilishni o‘z burchi deb bilgan kishilar ham ulardan biror yomonlik ko‘rganida yaxshilik qilishni to‘xtatib qo‘yadi. Ular menga yaxshilik qilmasalar ham yaxshiligimga yomonlik qaytarmasliklari kerak edi, degan fikrga boradi.
Aslida esa bu ham tug‘ri emas ekan. Agar qarindoshlar doimiy ravishda turli yomonliklarni qilaversalar ham ularga yaxshilik qilishda davom etaverish kerak.
Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Aloqani kesgan qarindoshlarga silai rahm qilishda bardavom bo‘lish kerakligi.
2. Yomonlik qilgan qarindoshlarga yaxshilik qilishda bardavom bo‘lish kerakligi.
3. Johillik qilgan qarindoshlarga halimlik qilishda bardavom bo‘lish kerakligi.
4. Aloqani kesgan qarindoshlarga silai rahm qilish, yomonlik qilgan qarindoshlarga yaxshilik qilish, johillik qilgan qarindoshlarga halimlik qilish xuddi ularga issiq kulni edirayotgandek bo‘lishi.
5. Shu holda bardavom bo‘lgan odam bilan Alloh tomonidan ularning qarshisiga bir yordamchi bo‘lishi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 Sentabr 2023, 20:27 | Savol-javoblar | 0 | Ayollarga oid masalalar