Oila va hayot

Assalomu alaykum! Men bir dugonam iltimosi bilan yozayapan. Dugonamni eri chet elga ketdi. Bolalaridanam, dugonamdanam hol ahvol omasdi, dugonam eri bilan ajrashishga ariza berdi va ularni sud ajrashtirdi. Ammo erini bundan xabari yo‘q. Endi yaqinda keldi va ajrashganlarini eshitib, taloq bermayman dedi. Lekin xabar olmaydi, yashamaydi ham. Hozirda eri yana chet elga ketibdi. Savolim shuki dugonam boshqa bilan turmush qursa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Talog‘ini olib, idda o‘tirganidan keyin boshqa bilan turmush qura oladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:02 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar