Musofirchilikda ro‘zani ochish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, qilayotgan xayirli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Men uzoq safarga yo‘lga chiqqan edim. Yo‘lim ikki kunlik yo‘l edi, birinchi kuni ro‘za tutdim. Ikkinchi kuni ham niyat qildimu, lekin ro‘zani ochishga bir necha soat qolganda ro‘zamni ochdim. Safarda sal qiynalganim sabab ochgan edim. Endi o‘sha kun uchun bir kun tutib betamanmi yoki kafforat tutishim kerakmi? Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musofir ro‘zasini ochib yuborsa bir kuniga bir kun tutib beradi. Musofirdan murod bir joyda 15 kecha-kunduzdan oz bo‘lgan muddatda turishni niyat qilgan kishidir. Musofir yurtlarga borib 15 kecha-kunduzdan ko‘p turishni niyat qilganlar xalq tilida musofir bo‘lsada, shariat nazarida musofir hisoblanmaydi. Siz 86 kilometrdan uzoqroq masofaga yo‘lga chiqqan bo‘lsangiz, faqat qazo tutib berasiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 21:22 | Savol-javoblar | 168 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar