Zakotni Umra badal sifatida to‘lash

Assalomu alaykum! Beradigan zakotniimni marxumlar nomiga Umra badal qilib to‘lashim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umra badal qiladigan odamga xizmat haqi sifatida beradigan bo‘lsangiz bu zakot bo‘lmaydi. Marhumlarga savobi etsin deb faqirlarga bersangiz bu ham zakot bo‘lmaydi. Chunki zakot ado bo‘lishi uchun uni tirik va muhtoj odamga o‘z nomingizdan zakot niyatida mulk qilib berishingiz shart. Vallohu a’lam!

21 Sentabr 2023, 15:37 | Savol-javoblar | 0 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar