Rukudagi tasbeh javobiga raddiya
Assalomu alaykum! Sizlarni saytda https://savollar.islom.uz/s/32138 shu javobni oqib qoniqgan edim ammo bir maqola okib koldim to‘grimi : ISLOM DININING TILI ARABChA, AMMO MA’NOSI UMUMINSONIYDIR! Shu kunlarda internet tarmoqlarida "namozda ruku’da turganda arab tilidagi yo‘g‘on “ظ” "Zoo" harfini talaffuz qilishga qiynalgan kishilar "Subhana Robbiyal A’zim"ning o‘rniga," "Robbiyal kariym” desa joiz", degan ma’nodagi gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Shaxsan kaminaga ham ko‘pchilik mo‘min-musulmon birodarlarimizdan shu mazmunda savollar kelayapti. Shularni hisobga olgan holda, Alloh taolodan yordam so‘rab, Ӯzi qodir qilganicha oyat va hadislar va ahli ilmlarning bu mavzuga oid fikr-mulohazalarini keltirib o‘tamiz. Aziz birodarlar, biz doimo sizlarga takror-takror aytib kelamizki, aslida, ibodatlar, zikrlar tavqifiy, ya’ni shariatda tasdiqlangan bo‘lgani uchun ham, ularning shartlari, vaqtlari, sifatlari aynan shariat aytganiday bo‘lishi shart. Bu masalalarda ijtihod, qiyos qilish yaramaydi. Bularning o‘rniga boshqasini almashtirish uchun unga oyat yoki sunnatdan ochiq dalil kerak bo‘ladi. Ahli ilmlar aytishadiki, kimda- kim ibodat turlaridagi lafzlarni tajvid bilan to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qilsa-yu, arab tilidagi harflarni maxraji – harflarning chiqadigan joyidan o‘zining sifati bilan nutq qilib ayta olmasa, u insondan bu vojiblik soqit bo‘ladi. Lekin namozdagi, ibodatdagi kalimalarni boshqa kalimaga almashtirilmaydi. To‘g‘ri, bir inson ibodatga tushganda, unga kalimalarni o‘zidagidek qilib ta’lim olishi lozimdir. Ammo harakat qilib ham to‘g‘ri talaffuz qila olmasa, u kishidan bu vojiblik soqit bo‘ladi. Insonning niyati ham bu o‘rinda e’tiborlidir. Aslida, namoz uchun, ibodat uchun, o‘qiyotgan oyatlarining, aytayotgan zikrlarining ma’nosini biladigan darajada arab tilini o‘rganishning vojibligi ham bejiz emas. Kishi namozda "Subhana Robbiyal A’zim" deyayotganida qalbida "Ulug‘ Robbim pokdir" degan ma’noni qasd qilib turgan bo‘lsa, kifoya. Imom Muslim o‘z “Sahih”ida Ibn Abbos roziyallohu anhumodan Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlarini rivoyat qiladi: “Ogoh bo‘ling! Men ruku va sajda qilgan holda Qur’on o‘qishdan qaytarildim. Rukuga kelsak, unda Robbni ulug‘langlar. Sajdaga kelsak, bas, duo qilishda tirishinglar. U sizlarga ijobat qilinishga loyiqdir”. Mazkur hadisdagi: "Rukuga kelsak, unda Robbni ulug‘langlar" jumlasida "Ulug‘ Robbim pokdir" deb ochiq aytilib turgan bo‘lsa-yu, uning o‘rniga "Karim", ya’ni sahiy, sahovatli bo‘lgan Zotni poklayman " deyishni qanday izohlash mumkin?... Ba’zi ahli ilmlar nazdida "Subhaana Robbiyal A’zim"ni ruku’da aytish vojib hisoblanadi. Hatto, buning o‘rniga boshqa kalimani ishlatsa, namozi ham durust bo‘lmaydi, deyishgan. Shunga ko‘ra, bu zikrni Alloh taoloning ushbu "Allohga qodir bo‘lganingizcha taqvo qiling" so‘ziga ko‘ra namozxon odam qo‘lidan kelgancha aytishga harakat qiladi. Vaholanki, Omir al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Fasabbih bismi Robbikal A’ziym» oyati nozil bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga: «Buni ruku’laringizga qilib olinglar (ya’ni unda o‘qinglar), dedilar. Qachonki, «Sabbihisma Robbikal a’la» oyati nozil bo‘lganida: «Buni sajdalaringizga qilib olinglar», dedilar». (Abu Dovud, Ibn Moja, Ahmad rivoyati). Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari ta’lim bergan kalimalarni, Qur’oni Karimda kelgan kalimalarni boshqa kalimaga almashtirish haqidagi gaplar, eng kamida xolis emas. Islom dinining tili arabcha, ammo ma’nosi umuminsoniydir. Er yuzidagi insonlarning ichida millionlab musulmonlar arab tilidagi "Zoo" harfini aynan maxrajdan, aynan arabcha talaffuz qila olmaydilar. Lekin "Subhana Robbiyal A’zim" deyayotganlarida aynan "Ulug‘ Robbim pokdir" degan ma’noni qasd qilib zikr qiladilar. Qolaversa, bu mavzuda internet tarmog‘ida tarqalgan gaplarning ilmiy asosi ham yo‘q. "A’zim" so‘zini har qanaqa "z" bilan talaffuz qilinsa ham, "ashaddiy dushman bo‘lgan" degan ma’no chiqmaydi. "An-naym" lug‘atiga qarasak, o‘zbekcha "z" bilan talaffuz qilinadigan kalimaning ma’nolari quyidagilar ekanini ko‘rishimiz mumkin: "A’zim" – "niyat", "azmu qaror", "eng yaxshi orzu(istak)", "qat’iyatlilik", "qat’iylik"," qat’iy azmu qaror", "kuchli qat’iyatlilik", "taklif". Va faqat ko‘chma ma’nodagina "azayimxonlik", "dam solish", "kuf-suf" ma’nolarini bildirar ekan. Arab tilida bir so‘zning asosiy, bosh ma’nosidan tashqari mana shunday ko‘chma ma’nolari ham bor. Aslida, har bir tilda ham shunday holatlar mavjud. Har doim birinchi, bosh ma’no etakchilik qiladi. "A’zim" so‘zining bosh ma’nosi esa, agar o‘zbekcha "z" bilan talaffuz qilinsa, "niyat", "azmu qaror", "eng yaxshi orzu" degan ma’nolarni bildiradi. Bas, bilib - bilmay yoki qandaydir g‘araz bilan bu mavzuda ixtilof chiqarib dinimizga zarar etkazmaylik! Izoh: Biz barcha o‘rinlarda bu so‘zni "A’zim" ko‘rinishida yozdik. Chunki, o‘zbek tilida arabcha "ayn" harfi yo‘q. ’ belgi esa aynan" ayn" ni ifodalamaydi va o‘zbek tilida so‘z boshida yozilmaydi. Aslida, arabchada "ayn" va "a" bitta tovush sifatida talaffuz qilinadi. "A" tovushi "ayn"ning maxrajidan chiqarib talaffuz qilinadi. Yozuvda avval "ayn", keyin "a" harfi yoziladi. Bahsga sabab bo‘lgan "Zoo" harfini esa o‘zbek imlosida ifodalashning imkoni ham yo‘q. Nafaqat o‘zbekchada, arabchadan boshqa barcha tillarda ham buning imkoni yo‘q. Ammo talaffuzini ustozlardan o‘rganish mumkin. Faqat ustozlardan! Arab bo‘lmagan hech kim bu harfni ustozdan o‘rganmay to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi. Endi, eng asosiy gap shundaki, ustozlardan o‘rganib ham bu harfni aynan maxrajidan, aynan arabcha talaffuz qilishga hamma ham muvaffaq bo‘lavermaydi. Bu ayni haqiqat. «Zoo» "ظ" harfi ham iste’lo harflaridan bo‘lib, yo‘g‘on talaffuzda aytiladi. «Zoo» undoshini tilning uchi oldingi ost-ust tishlarining orasiga qo‘yib, til orti esa taranglashib ko‘tarilib yo‘g‘on talaffuz qilinadi. Shuning uchun ham, bu harfni o‘rganishga harakat qilish vojib, to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qilish vojib, ammo harakat qilganida ham Alloh taolo muvaffaq qilmasa, bas, uzrli hisoblanadi. Vallohu a’lam. Doniyor qori
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Javob yozishga harakat qilgan birodarimiz fiqhdagi bir necha masalalarga e’tibor qaratolmay qolibdi.
1. Har bir amal Alloh taolo nazdida maqbul bo‘lishi uchun ikki narsa shart.
A. Shariatga muvofiq bo‘lishi.
B. Holis Alloh taoloning roziligini topish uchun ixlos bilan ado qilinishi.
Shu ikkisidan biri topilmasa u amal rad qilinadi. Buning uchun esa albatta har bir inson qiladigan amalini farzini ado qiladigan darajada ilmini o‘rganish farz, vojibini ado qiladigan ilmini o‘rganish vojibdir. Musulmon kishining bundan past darajada bo‘lishi mumkin emas. Buning uchun albatta arab tilini bilishi shart emas. Har kim bilgan tilida kitoblar mavjud. Namoz ham xuddi shunday. Har bir musulmon namozning farz, vojiblarini, harom, makruhlarini va nima qilsa buzilib qolishlarini o‘rganishi shart. Namozning kalimalari, oyatlarni, tasbeh va zikrlarni to‘g‘ri talaffuz qilmasa, namoz buzilishi mumkin. Ba’zi o‘rinlarda o‘zi bilmay kufr so‘zni talaffuz qilib qo‘yishi ham mumkin. Masalan, takbiri uvloda.
“Allohu akbar” lafzida xoh unutib, xoh qasddan Alloh lafzining “A”sini hamda akbarning “A”sini mad(cho‘zib) qilib “Aaallohu akbar” yoki “Allohu aakbar” desa gunohkor bo‘ladi. Chunki unda ma’no “Alloh ulug‘mi? Hecham unday emas” degandek bo‘lib qoladi. Agar namozga kirishayotganda shunday cho‘zib aytsa, ulamolarning nazdlarida namozga kirgan hisoblanmaydi. "akbar" lafzining “B” bilan “R” harflari orasiga mad kiritib “Akbar” o‘rniga “Akbaar” deb “A”ni cho‘zib o‘qisa, ham gunohkor bo‘ladi. Agar namozga kirishayotganda shunday cho‘zib aytsa, sahih qavlga binoan namozga kirgan bo‘lmaydi. Chunki unda ham ma’no o‘zgaradi. “Muniya”ning sharhi “Kabiriy”da “Akbar”ning o‘rniga “Akbaar” deb o‘qisa namozga kirgan bo‘lmaydi. Agar namoz orasida shunday desa namozi buziladi. Chunki “Akbaar” shaytonning ismlaridan biridir. Bir qavlda u “kabar” so‘zining ko‘pligi bo‘lib, do‘mbara ma’nosini anglatadi. Ba’zi ulamolar “namozga kirgan bo‘ladi va namozi buzilmaydi. Chunki u ishbo’dir” deganlar. Lekin birinchi gap sahihdir. Shuning uchun bunday qilgan kishi namozini qaytadan o‘qishi vojib bo‘ladi. (Fatavoi Rahimiya).
Alloh so‘zini noto‘g‘ri aytish harom va qasdan aytilganda kufr xavfi bor.
Qiroat namozning ruknlaridan hisoblanadi.
Qiroat buzilsa namoz ham buziladi. Shuning uchun fuqaholarimiz namoz buziladigan darajada arab tilidagi harflarni o‘rnini almashtirib, ma’nosini buzib o‘qimaslik uchun tajvid ilmini o‘rganish har bir musulmonning zimmasiga farzi ayn deganlar. Harflarni maxraji, sifati, ovozni chiroyli qilish va boshqa tajvid faniga tegishli ilmlarda mohir bo‘lish farzi kifoya. Bu hukmga hamma ulamolar ittifoq qilganlar. Bunchalikka etishish uchun arab alifbosini kitobdan o‘qiy oladigan darajada bo‘lishi shart emas, og‘zaki o‘rganish ham kifoya.
2). Yuqoridagi farz darajasini ado qilishga harkat qilsayu uddasidan to‘liq chiqolmasa, harakatini to‘xtatmasligi kerak bo‘ladi va shu bilan u uzrli sanaladi.
3). Yaxshi niyat qilib yillarcha qiroatni farzini ado qilishga harakat qilmaslik uzr hisoblanmaydi.
4). Fiqhiy kitoblarning barchasida “Zallatul qoriy” degan alohida bir bob ajratilgan. Har bir musulmon namozning qiroatini farzi ado bo‘lishi uchun arab tilini bilganlar o‘zlari o‘qishi, bilmaganlar bilganlardan so‘rashi zarur. Bunga mutlaqo ahamiyat bermasdan namoz o‘qiyverish uzr hisoblanmaydi.
Siz keltirgan odam javob yozganida yoki fatvo kitoblarini ko‘rmagan yoki u kishining nazdida fuqaholarning e’tibori yo‘q bo‘lsa kerak. Ibn Obidin rahmatullohi alayh “Roddul muhtor” kitobida: تنبيه : السنة في تسبيح الركوع سبحان ربي العظيم ، إلا إن كان لا يحسن الظاء فيبدل به الكريم ، لئلا يجري على لسانه العزيم فتفسد به الصلاة ، كذا في شرح درر البحار ، فليحفظ فإن العامة عنه غافلون حيث يأتون بدل الظاء بزای مفخمة “Tanbeh, ruku’ning tasbehidagi sunnat “سبحان ربي العظيم”ni aytishdir. Lekin “ظ” harfini chiroyli talaffuz qilolmasa “العظيم”ning o‘rniga “الكريم”ni talaffuz qiladi. Toki tiliga “العزيم” joriy bo‘lib, namozi fosid bo‘lmasin. “Sharhu duraril bihaar” kitobida ham shunday kelgan. Buni yodda tutish kerak, chunki omma xalq bundan g‘aflatdalar. Ular “ظ” harfining o‘rniga yo‘g‘on talaffuz qilingan “ز”ni talaffuz qiladilar” deganlar.
Lug‘at kitoblarida “العزيم” so‘zining bir ma’nosi “Ashaddiy dushman” deb keltirilgan. An-Nayimda bo‘lmasligi u ma’noni yo‘qligini bildirmaydi.
Javob beruvchi ham o‘zi tomonidan nimalarnidir dalil qilish o‘rniga omma xalqimizni arab alifbosini o‘rganishga, qiroatlarini farz darajasini ado qilishni o‘rganishga targ‘ib qilganlarida fikrimiz bir joydan chiqar va xalqni tarbiyalash maqsadimiz ham amalga oshishishga yordam bo‘lar edi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:35 | Savol-javoblar | 188 | Ibodatlar