Erni gapi ustunmi?

Assalomu alaykum! Men huquqshunoslik fakultetini mana shu yil tamomlayman. Yaqinda prokraturadan telefon qilishib, ishga taklif qilishdi. Ammo turmush o‘rtog‘im u erda ishlashimni istamaydi. Lekin dadam juda istadilar, universitetga ham shu uchun o‘qitgandilar. Dadamga men u erda ishlamayman, kuyovingiz istamaydi, desam mendan xafa bo‘lib qoldilar. Erimni gapini ustun qo‘yib to‘g‘ri yo‘l tutdimmi? Dadamni norozi qilib qo‘ymadimmikan deb xavotir olyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringizni aytganini qilib to‘g‘ri yo‘l tutgansiz. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 20:39 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar