Olamdan o‘tgan yaqinlarga maktub

Assalomu alaykum! Olamdan o‘tgan yaqinlarga maktub yozish mumkinmi? Masalan ulardan kechirim va rozi bo‘lishlarini so‘rab.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular sizning maktubingizni o‘qishmaydi. Buning o‘rniga ular uchun Allohga duo qilib istig‘for ayting. Duoda astoydil bo‘lsangiz va solih amallarda bardavom bo‘lsangiz oxiratda Alloh taolo ularni sizdan rozi qilib berishi umid qilinadi. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 20:29 | Savol-javoblar | 0 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar