Qo‘shni va rozilik

Assalomu alaykum! Vasvasami yoki vijdonimning ovozimi bila olmayapman. 1) Yoshligimizda qo‘shnilarning rishotkalari ustida o‘ynab yurardik, gilam yuvsak ularni rishotkasiga ilib qo‘yardik(buni ko‘rishar edi nazdimda) Bazida tanbeh ham eshitar edik o‘ynaganimiz uchun o‘sha erda. Lekin mulkiga zarar etkazganmizmi yo‘qmi esimda emas. Rozilik olinadimi 2) yo‘lda o‘tib ketayotib bexosdan qo‘shnilarning gullagan daraxtiga tegib, meva qiladigan gulini to‘kib qo‘ysak ham rozilik olamizmi? Yoki men maydalashib ketyapmanmi 3) bog‘da birovni makkasining bir bo‘lagini o‘tib ketayotib bexosdan sindirib qo‘ygandim. Bu holatda kaffarot qanday bo‘ladi? 4) institut wifi limitini qo‘shtirib olgandim imtihonga tayyorlanaman deb, lekin bazida boshqa maqsadlarda(foydali, talimiy)ham ishlatganman. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zganing haqqiga zarra miqdoricha tajovuz qilgan bo‘lsangiz ham buning hisob-kitobi qilinadi. Shu dunyodayoq haqdorlardan rozilik so‘rab qoling. Vallohu a’lam!

8 Oktabr 2023, 18:17 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar