Xatolik

Assalomu alaykum! “Sunniy aqiydalar” kitobini o‘qib, bir jumlani tushina olmadim. «Alloh taolo hamma odamlardan iymonni iroda qilganu, ammo kofir kufrni iroda qilgan»(124-bet) deb yozilibdi. Bu erda bosma paytida xatolik ketmaganmi? Yana shunga o‘xshash imlo xatolarni “Ijtimoiy odoblar” kitobida ham bir necha marta ko‘rganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kitobning bu jumlasida xatolik yo‘q. Kofirning kofirligi ham Alloh taoloning irodasi bilan bo‘ladi. bu keng masala bo‘lib, bir qarashda tushunarsiz tuyuladi. Alloh taologa bo‘lgan iymon, ixlos ziyodalashgan sari uning mohiyatiga etib boraveradi. Alloh bizga iymonni iroda qilganiga shukur qilaylik. Yana shunday xato deb o‘ylagan va tushunmagan joylaringiz bo‘lsa bizga yozing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:55 | Savol-javoblar | 129 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar