Qarz qasami nikoh bilan
Assalomu alaykum! (Bir tanishimni qiynayotgan savoli) Bir qiz, erkak tanishidan bir miqdor qarz bo‘lib qoladi! Ular tortishib qolib, erkak qarzinni berishing xaqida qasam ich deydi, qiz: - Agar, to‘yimgacha olgan pullarimni, qarzimni to‘lamasam (qaytarmasam), bo‘lajak nikohim xarom bo‘lsing, farzandlarim xarom bo‘lsing deb qasam ichadi! Endi qiz qarzni berish niyati yo‘q! Erkak esa puldan kechish niyati yo‘q! Lekin qiz turmush qursa nikohi va farzandlari xarom bo‘ladimi!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Turmush qursa nikohi va farzandlari harom bo‘lib qolmaydi. Qarzni qaytarmasa o‘zganing haqqini nohaq egani uchun og‘ir gunohkor bo‘ladi. Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni harom-botil yo‘l bilan birovning molini eyishdan qat’iy ravishda qaytargan.
Alloh taolo: «Baqara» surasida:وَلاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَكُم بَيْنَكُم بِالْبَاطِلِ وَتُدْلُواْ بِهَا إِلَى الْحُكَّامِ لِتَأْكُلُواْ فَرِيقًا مِّنْ أَمْوَالِ النَّاسِ بِالإِثْمِ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ«Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan emang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini eyishingiz uchun hokimlarga gunohkorona tashlamang», degan (188-oyat).
Bu oyati karimada Alloh taolo musulmonlarni bir-birlarining molini botil-harom yo‘l bilan emoqdan qaytarmoqda.
Ushbu oyati karimani tushuntirish uchun Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu bir odam qarzdor bo‘ladi, lekin o‘ziga qarshi hujjat yo‘qligidan foydalanib, u molni olganidan tonadi degani. Birovning molini haromdan eb, gunohkor bo‘layotganini bilib turib, hokimga arz qiladi», degan ekanlar.
Go‘yo hokim hukm qilsa, gunoh gunohlikdan tushib, harom mol halolga aylanib qoladigandek. Holbuki, hokimning hukmi ila halol - harom bo‘lib qolmaydi yoki aksincha bo‘lmaydi. Balki hamma narsani ko‘rib bilib turuvchi Allohning hukmi bilan halol yoki harom bo‘ladi. Hokim hamma narsani ko‘ra olmaydi, bila olmaydi. U sirtdan ko‘rganiga, talashayotganlarning gapiga, ularning hujjatiga qarab hukm chiqaradi.
Imom Buxoriy Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom:
«Men bir odamman, xolos. Talashganlar huzurimga keladilar. Ba’zilari boshqalaridan ko‘ra hujjatini yaxshiroq ko‘rsatvorishi, men esa uning foydasiga hukm qilishim mumkin. Kimga bir musulmonning haqidan hukm qilib bersam, u do‘zax o‘tidan bir bo‘lakdir. Xohlasa olib, xohlasa qoldirib ketsin», deganlar.
Zohirga qarab hukm chiqargani uchun hokim gunohkor bo‘lmaydi.
Imom Qurtubiy, «Oyatdagi «botil yo‘l bilan emaslik»ka haromning barcha turlari: qimor, aldamchilik, harom narsalarni sotib mol topishlik, harom kasblarni qilib mol topishlik va boshqalar kiradi», deganlar.عن أبي هريرة رضي الله عنه: أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: مَن أخذ أموال الناس يريد أداءها أدَّى الله عنه، ومن أخذها يريد إتلافها أتلفه الله. رواه البخاريAbu Hurayra rozyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim odamlarning mol-pullarini qaytarib berish niyatida olsa, Alloh uning uchun ado etib (qaytarib) beradi, kim zarar etkazish niyatida olsa, Alloh unga zarar etkazadi”, dedilar”.
Imom Buxoriy rivoyati. Vallohu a’lam!
8 Oktabr 2023, 22:07 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush