3 taloq masalasi

Assalomu alaykum! O‘zbekiston musulmonlar idorasida 3 taloq masalasida qayta nikoxga fatvo bormi? Tuman katta imom domla fatvo bor deb aytdilar. 3 taloq lafzi bo‘lgan oilani nikoxlab qo‘ydi shu nikox sharian xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir lafz bilan qo‘yilgan 3 taloq huddi alohida-alohida lafzlar bilan qo‘yilgan 3 taloq kabi barchasi ya’ni, uchchala taloq ham tushadi. Bundan boshqa fatvo yo‘q. Siz tinglagan o‘sha ahli ilm borasida yaxshi gumonda bo‘lamiz va masalani noto‘g‘ri eshitgansiz yoki noto‘g‘ri tushungansiz deb hisoblaymiz. Vallohu a’lam!

28 Oktabr 2023, 09:08 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar