Jinkashlik qilib ro‘za va namoz

Assalomu alaykum! Ko‘pchilik "odamlilar", "orqalilar" g‘aybni bilishni davo qilishadi va shu bilan birga namoz xam o‘qishadi, ro‘za xam tutishadi, Qur’on suralaridan xam o‘qishadi. Buni qanday tushunsa bo‘ladi? Axir bular bir biriga zidku?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ichidagi najosatning ustini yopish uchun namoz o‘qib ro‘za tutishadi. Alloh taolo kofir va mushriklarni Ka’ba atrofida qilgan ibodatlari haqida "Anfol" surasida marhamat qiladi:  وَمَا كَانَ صَلاَتُهُمْ عِندَ الْبَيْتِ إِلاَّ مُكَاء وَتَصْدِيَةً فَذُوقُواْ الْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ۝ 35. Baytning oldidagi namozlari hushtak va qarsak chalish edi, xolos. Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni totib ko‘ring.
Siz aytgan odamlarniki ham shu. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 05:18 | Savol-javoblar | 182 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar