Xajda soch oldirish
Assalomu alaykum! Xajda qurbonlik kunida qurbonlik xabari kelmasidan avval bilmasdan soch oldirib qo‘ygan kishi jinoyat qilgan bo‘ladi, jarimasiga jonliq so‘yish kerak bo‘ladi. Bir axli ilmdan so‘rashganida, siz bilmasdan qilgansiz, 50 real jarima to‘lasangiz bo‘ldi debdi. Shu fatvo to‘g‘rimi? Mabodo noto‘g‘ri fatvo chiqargan bo‘lsa yurtiga qaytgan xoji nima qilishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!Qurbonlikdan oldin soch qirdirishning jarimasiAgar tamattu’’ yoki qiron haji qiluvchi sochini qurbonlikdan oldin oldirsa, qurbonlikni soch qirdirishdan keyinga surgani uchun jarima sifatida yana bir qurbonlik lozim bo‘ladi («Fathul-Qadiyr», «G‘unyatun-nosik»). Bank yoki ellikboshi yordamida qurbonlik qilishning fasodlariHozirgi kunda bank yoki ellikboshi qurbonlik uchun hojidan pul oladi. Ular hojiga: «Sizning qurbonlik jonlig‘ingiz qurbonlik kuni (masalan) soat 10-00 da so‘yiladi. Siz soat 10-00 dan keyin sochingizni oldiravering», deb aytadi. Aytayliq soat 11-00 gacha ham qurbonlik so‘yilmadi, lekin hoji soat 10-30 da sochini oldirdi. Keyin ma’lum bo‘ldiki, qurbonlik belgilangan vaqtda emas, balki soch oldirilgandan so‘ng bo‘lgan ekan.
Mazkur suratdagi so‘yilgan qurbonlik tamattu’’ yoki qiron hajiga taalluqli bo‘lsa, hojiga yana bitta qurbonlik (sochni qurbonlikdan oldin oldirgani uchun) vojib bo‘ladi. U Haram hududida so‘yilishi lozimdir. Bu masala hojilarimizdan jiddiy ehtiyotkorlikni talab qiladi. Buning uchun ular qurbonlik jonliqlarini o‘zlari so‘yish (so‘ydirish)ga harakat qilishlari yoki so‘yilganiga aniq ishonch hosil qilmagunlaricha ehromdan chiqmay turishlari kerak bo‘ladi («Fatovo Rahimiyya», «Iyzohul masoil»). Vallohu a’lam!
24 Noyabr 2023, 15:51 | Savol-javoblar | 0 | Haj va umra